Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
821. Hubay ibn Shahdon aytdilar: "Amrni ko'rdim. Farz namozini o'qir edi. Namozdan
forig' bo'lgach, yonidagi kishiga: "Ey, odam! - dedi va o'rnidan turdi.
822. Amr ibn Sharid (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) meni ulovlariga mingashtirib
olgandilar. Mendan: "Umayya ibn Abussaltning she'rlaridan bi-lasanmi?" - deb so'radilar.
Men: "Ha", dedim va bir bayt o'qidim. Shunda ul zot: "Ha-ha!", dedilar.
Men bundan ilhomlanib yana 100 bayt o'qidim". "Ha-ha" - yana o'qi, degan ma'nodadir.
347-bob. Erinchoqlik haqida
823. Abdulloh ibn Muso aytdilar: "Oyisha (r.a.): "Tungi namozni hech ham tashlab
qo'ymang, chunki Payg'ambar (s.a.v.) uni hech vaqt qo'ldan chiqarmasdilar. Agar bemor
yoki kamquvvat bo'lsalar o'tirib o'qir edilar", dedilar".
Dostları ilə paylaş: