Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
124
332-bob. Musulmon musulmonga tik qaramaydi
792. Mujohid (r.a.) aytdilar: "Musulmon kishi birodariga yov qarash qilishi, uni ta'qib
qilishi yoki: "Qaerdan kelding?" "Qaerga ketyapsan?" - deb so'roqqa tutishi makruhdir".
333-bob. "Holinga voy bo'lsin", deyish haqida
793. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir kishi qurbonlik
qilinadi gan tuyani haydab ketayotganyni ko'rib: "Unga min", deb buyurdilar. U odam:
"Bu qurbonlik tuyasiku", dedi. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Min unga", dedilar. U yana "Bu
axir qurbonlikka olib ketilayotgan tuyaku", dedi. Ul zot yana: "Min bu tuyaga", deb
buyurdilar. Kishi yana o'sha javobini bergan edi, "Holinga voy bo'lsin sening, min unga",
deb buyurdilar.
794. Ibn Abbosdan bir kishi: "Men non va go'sht yegandim. Tahoratimni yangilashim
kerakmi?" - deb so'radi. Ibn Abbos: "Holingga voy bo'lsin sening, halol narsa yesa ham
tahorat buzilarkanmi?" - dedilar.
795. Jobir ibn Abdulloh aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ji'irrona mavzesida Hunayn g'azotida
tushgan o'ljalarni taqsimlayotgan edilar. Oltinlar Bilol (r.a.)ning quchog'ida edi.Ul zot
huzurlariga bir kishi kelib: "Siz adolat qilmayapsiz, adolat qiling!" - dedi. Rasululloh
(s.a.v.): "Holingga voy bo'lsin sening, men adolat qilmasam, kim qiladi?" - dedilar.
Shunda hazrati Umar: "Ey, Allohning Rasuli, izn bering, bu munofiqning bo'ynini uzib
tashlay!" - dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bu va buning do'stlari Qur'onni o'qiydilar, lekin u
bo'g'izlaridan nariga o'tmaydi, kamondan o'q qanday otilib chiqsa, ular ham dindan
shunday chiqib ketadilar", deb marhamat qildilar.
"Zahm" kulfat, ozor ma'nosida, "bashir" esa, xushxabar keltiruvchndir.
796. Bashir ibn Ma'bad Sadusiydan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) undan: "Isming
nima?" - deb so'radilar. "Zahm", deb javob qildi u. Ul zot: "Yo'q, sening isming Bashir
bo'lsin", dedilar.
Bashir aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bilan qabriston oralab ketayotgan edik. Ul zot
mushriklarning Qabri yonidan o'dalar, 3 marta: "Bular ko'p xayrli ishlarni qo'ldan boy
berdilar", derdilar. Musulmonlar qabri yonidan o'gayotganda esa: "Bular ko'plab
ezguliklarga erishdilar", derdilar uch martadan. Tasodifan Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning
qabristonda poyafzali bilan yurgan kishiga ko'zlari tushib qolib: "Ey, sabtiyali,
sabtiyangni tashla", dedilar. U odam Payg'ambar (s.a.v.)ni ko'rgach, oyoq kiyimlarini
yechibotib yubordi.
Sabtiya - oshlangan teridan tayyorlangan poyabzal.
Dostları ilə paylaş: