39-bob. Ozod bo’lgan qullar haqida 74. Abdurrahmon ibn Abi Habib (r.a.) aytdilar: Abdulloh ibn Umar (r.a.) mendan: "Sen
qaysi qabiladan bo’lasan?" - deb so’radilar. Men u kishiga: "Men Tiym tamim
qabilasidanman", deb javob qilganim-da, u janob: "Shu qabilaning o’zidanmi yoki
ularning ozod qilgan qullaridanmi?" - dedilar. Men: "Ularning ozod qilgan
qullaridanman", degan edim, shunda u zot: "Unday bo’lsa, ozod qilgan qullaridanman,
deb aytishing kerak", dedilar.
40-bob. Payg’ambar do’stlari 75. Rifa'at ibn Rofi' (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn
Xattob (r.a.)ga: "Mening oldimga qavmlaringni yigib kel", deb buyurdilar. Hz. Umar
(r.a.) ularni to’plab Rasululloh(s.a.v.)ning eshiklari oldiga qo’yib, o’zlari Rasululloh
(s.a.v.) huzurlariga kirib: "Yo Rasululloh! qavmlarimni olib keldim", dedilar. Bu
voqeadan xabardor bo’lgan ansorlar eshitib: "Qurayshlar haqida biror vahy (oyat) kelgan
bo’lsa kerak", deb uni eshitish va ko’rish uchun ulardan bir qancha kishi ul janob
huzurlariga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqib, ularning o’rtasida tik
turdilar-da: "Oralaringizda begona kishilar bormi?" - deb so’radilar. Hz. Umarning
qavmlari: "Ha, oramizda muohada qilishgan kishilarimiz, singlimizning o’gli va ham ozod
qilgan qullarimiz bor", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Muohada qilishgan kishilar,
singlimizning o’gli hamda ozod qilgan qullarimiz hammasi o’zimizniki va sizlar quloq
solasizlar: Qaysilaringiz Alloh taolodan qo’rquvchiroq bo’lsa, shular mening
yaqinlarimdir. Agar sizlar shunday bo’lsalaringiz yaxshi, aks holda oqibat nima bo’lishini
o’zlaringiz o’ylab ko’ring! qiyomat kuni odamlar (yaxshi) amallar bilan kelganda sizlar
og’ir yuklarni (gunohlarni) ko’tarib kelmang, u vaqtda Alloh taolo sizlardan yuz o’giradi",
dedilar. Shundan. keyin Rasululloh muborak ikki qo’llarini ko’tarib, qurayshlar boshiga
qo’ydilar: "Ey, odamlar! quraysh qabilasi ishonchli kishilardir, kim ularga zulm va
yomonlikni ravo ko’rsa, Alloh taolo uni ikki burni bilan yerga to’ntaradi", deb shu so’zni
uch bor qaytardilar.
Ikki burun bilan to’ntarish - demak, Alloh taolo benihoya xor qiladi demak .