www.ziyouz.com kutubxonasi
99
616. Salim otasidan rivoyat qildi: "Otam shunday degan edilar: "Rasululloh (s.a.v.)
birodariga hayo haqida do'q bilan nasihat qilib turgan odamning oldida to'xtab: "Qo'y
uni! Hayo imondandir", dedilar.
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan 617-hadis 616-hadisnjg ay-nan takrori.
618. Hz. Oyishadan rivoyat qilingan, ammo u 614-hadisning takro-ri, faqat Rasululloh
oxirgi "Usmon uyatchan odam..." degan jumla o'rnida "Farishtalar ham hayo qiladigan
odamdan men ham hayo qilaman", dedshar.
272-bob. Tongdaga duo
619. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har tong: "Allohga hamd bo'lsinki,
tong ottirdik, koinot ham Alloh uchun tong ottirdi. Barcha maqtovu hamdlar Allohga
xosdir. Uning sherigi yo'qtsir. Allohdan boshqa iloh yo'q, qaytishimiz yana Uning
huzurigadir", der edilar. Shuningdek, har kuni kechqurun: "Barcha hamdu sano
Allohgaki, kechqurunga yetishdik. Mulk ham Alloh uchun kechqurunga yetishdi. Allohdan
boshqa iloh yo'q, U yagonadir, Uning hech bir sherigi yo'q va yana Uzining huzuriga
qaytajakmiz", der edilar".
273-bob. Kishi o'zgani duo bilan eslashi haqida
620. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatda o'zi ham olijanob,
uning otasi ham, otasining otasi va uning otasi ham olijanob kishilar bo'lgan Yusuf ibn
Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim halilu-r-rahmondir", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
"Agar men Yusuf (a.s.) turganchalik hibsda turganimda, (qamoqtsan chiqarish uchun)
oldimga kelgan chaqiruvchining da'vatini ijobat qilgan bo'lardim. Yusuf (a.s.)ning oldiga
kelgan elchi kelganda unga: "Hojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib
olgan ayollar ishi nima bo'lganini so'ra!" (12:50) - deydi (xotirjamlik bilan). Lut (a.s.)ni
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. U "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki kuchli bir
suyanchiqqa suyana olsam..." (11:80), degan so'zi bilan kuchli bir suyanchiqqa (ya'ni
izzat va ustunlik egasi - Allohga) sig'inishni istagandi. Alloh taolo yuborgan barcha pay-
g'ambarlar o'z qavmining boylari edilar".
Da'vatini ijobat qilgan bo'lardim - ya'ni chaqirig'iga javob berib, darhol qamoqtsan
chiqqan bo'lardim.Muhammad (hadis roviylaridan biri) aytishicha, hadis matnidagi
"Sarvat" davlat va kuch-qudrat demakdir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |