Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
159
459-bob. Salomning oxiri haqida
Ya'ni salomni qanday so'z bilan tugallanishi haqida. Muhammad ibn Ato (r.a.) aytdilar:
"Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida o'tirgandim. Bir yamanlik kishi kelib: "Assalomu
alaykum va rah-matullohi va barokatuhu", dedi va yana bir narsalarni qo'shib qo'ydi.
Shunda Ibn Abbos (r.a.): "Salom - barakot tilash ("va baroka-tuhu" so'zi) bilan
tutallanadi", dedilar.
1032. Ibn Zannod aytdilar: "Xorija (Ibn Zayd ibn Sobit) (r.a.) Zayd ibn Aslamning
maktubigi shunday deb (javob) yozgan edi: "Assalomu alayka, ey, mo'min-lar amiri, va
rahmatullohi va barakatuh va mag'firo-tuhu va toyyibi salaYootuhu".
460-bob. Ishora bilan salom berish haqida
1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga
kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim,
sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.)
ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar .
1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va
Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga
joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom
berdi va alik oddi".
1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni
yoqtirmas edilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: