Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


səhifə117/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
Qilishdi. Tufaylning sherigi kasal bo'lib bezovtalana boshladi. Qaran degan yergacha 
sudralib keldida, qo'l tomirlarini kesib tashlab o'ldi. Tufayl uni tushida ko'rdi va: "Senga 
qanday muomala qilindi?" - deb so'radi. U kishi: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qijan 
hijratim sababidan gunohim kechirildi", dedi. Tufayl: "Qulishta nima bo'ldi?" - deb 
so'radi. U: "O'zing zarar yetkazgan qo'lingni Biz tuzatmaymiz", deyildi", dedi. Tufayl buni 
Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aytib bergan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, uni ikki qo'li 
bilan birga mag'firat qil", deya qo'llarini ko'tarib duo qildilar. 
630. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, dangasalikdan
qo'rqoqlikdan, keksalikdagi ojizliqdan va baxillikdan sendan panoh so'rayman", deya duo 
qilardilar". 
631. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh azza va 
jalla: "Men bandamning o'ylagan o'yidaman va Menga duo qilib, Meni chorlasa, Men u 
bilan birgaman", degan", deb marhamat qiddilar". 
277-bob. "Sayyidu-l-istig'for" haqida 
632. Shaddod ibn Avs (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Istig'for 
Allohdan mag'firat tilashdir. Duolarning eng ulug'i ushbudir: "Ey, Al-lohim, (e'tirof 
etamanki), Sen mening Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo'q, Va (e'tirof 
etamanki), Sen meni yaratding, yo'qdan bor qilding. Men Sening quling va 
mahluqingman. Shuningdek, imkonim va toqatim ko'targanicha ("qolu balo"da bergan) 
so'z va ahdimni amalga oshirishga tirishaman. Va Sendan qil-gan ishlarimning 
yomonligidan panoh so'rayman. Menga bergan (turfa) ne'matlaringni e'tirof etaman va 
qilgan gunohlarimni ham bilaman va tan olaman. Shunday ekan, (ey, Allohim), mendan 
sodir bo'lgan xato va gunohlarni kechir, zero O'zingdan o'zga gunohlarni kecha oluvchi 
hech kim yo'qdir". Kimki bu duoni kechasi o'qib yotsa va vafot etsa, jannatga kiradi yoki 
u jannat ahlidandir. Agar kimda-kim ertalab bu duoni o'qisa va shu kuni dunyodan o'tsa, 
u ham jannatiydir". 
633. Abdulloh ibn Umar(r.a.): "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yig'ilib qolsak, 
"Parvardigoro, meni yorlaqagan, gunoqlarimni kechirgan. Shubhasiz, Sen tavbalarni 
qabul etuvchi Zotsan", deya yuz marta takrorlardik", dedilar. 
634. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi, ul zot aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) peshin 
namozini o'qidilar. So'ng yuz martacha "Parvardigorim, gunohlarimni mag'firat qil, 
albatta Sen tavbalarni qabul etuvchi Zotsan", deya takrorladilar". 
Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilingan 635-hadis 632-hadisning aynan takroridir. 
636. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Allohga tavba 
qilinglar, men har kuni yuz marta tavba qilaman", deganlarini eshitdim". 
637. Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilindi: "Har namozdan keyin "Subhanalloh, valhamdulilloh 
va la ilaha illallohu vallohu akbar" kalimalarini yuz marta aytadiganlar noumid 
qolmaydilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin