Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Rasululloh, mening qarindoshlarim bor,
men ularga silai rahm qilaman, qarindoshlikni
uzadilar. Ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar. Ular jabru
jafo qilsalar
ham ogirlik va sabr qilaman", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Agar gaping to’gri bo’lsa,
ularning ogziga qizdirilgan kulni solgandek bo’libsan. Sen shu. ishingni davom
ettiraversang, Alloh taolo sening yordamingda bo’ladi va ularning jabru jafosini daf
qiladi",
dedilar
54. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bitta barmoqlarini egib: "Rahm
so’zi Alloh taoloning Rahmon nomidan (shu barmogamdek) unib chiqqan bir shoxchadir.
Uni birov uzmasa, Alloh taolo uzmaydi va kim uzib qo’ysa, Alloh ham uni uzib tashlaydi.
qiyomat kuni rahmga Alloh taolo fasohatli, o’tkir va ochiq so’zlaydigan til beradi",
dedilar.
Kim silai rahmni uzgan-uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh qiyomat kunida
unga ozining qudrati bilan til beradi, bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni
isbot qladi.
Hz. Oyisha (r.a.)dan ham shunday hadis vorid bo’lganligini imom Muslim xabar qilgan,
binobarin, 55-hadis 54-hadisning takrori bo’lgashshgi sababli tushirib qoldirdik.
55. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan
quyidagi
hadisni eshitdilarkim, Rasululloh (s.a.v.) aytmishlar: Alloh taolo "Men dunyodagi hamma
borliqqa rahm qiluvchi
Rahmonman va rahmni yaratib, Rahmon degan nomimning
harflaridan tarkib topgan rahm so’zini unga ism qilib qo’ydim. Endi kim rahmni
uzmasdan yursa, men undan rahmatimni uzmayman va kim uni uzib qo’ysa,
men hm
undan rahatimni uzib qo’yaman", degan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: