www.ziyouz.com kutubxonasi
152
Qays o'limi yaqinlashganini sezgach, farzandlarini to'pladi. Ularga: "Ey, farzandlarim,
nasihatimni olin glar. Zero, mendan yaxshi nasihatchini topol-maysiz. O'lganimda aytib
yig'lamang, Rasululloh (s.a.v.)ga ham aytib yig'lanmagan. Payg'ambar (s.a.v.)ning aytib
yig'lashdan qaytarganlarini eshittanman. Meni namoz o'qiydigan kiyimimga kafanlanglar.
Katgangazni boshliq qilib saylang, zero kattangazni boshliq qilsangaz, otangiz o'rnida
ishini davom etgaradi. Bordi-yu, kichkinangazni boshliq qilib qo'ysangiz, katgalaringiz
odamlarga befarq bo'lib qoladi va sizdan yuz o'giradi. Turmushingizni yaxshilang, zero
bu ishda odamlarga muhtojlikdan behojatlik bor. Tilanchiliqdan saqlaning, zero u yigit
kishi uchun eng oxirgi choradir. Meni dafn qilganingizda, qabrimni tekislab qo'ying.
Chunki Bakr ibn Voil mahallasi bilan oramizda adovat bor. Men (uning) ahmoqpigidan
omonda emasman. Bir ahmoqning bir ish qilib, diningizda nuqson paydo qilishidan
xavotardaman", dedi.
433-bob. Taajjublanganda boshni sarak-sarak qilish haqida
982. Abu Zarr aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga tahorat suvi berdim. Ul zot bopsharini
tebratab, lablarini tishladilar. Men "Ota-onam sizga fido bo'lsin, sizga ozor berdimmi?" -
dedim. Ul zot: "Yo'q, lekin sen (shunday) amirlar va imomlarga yetishasanki, ular
namozlarini vaqgidan kechiktiradilar", dedilar. Men: "Nimani tavsiya qilasiz?" - deb
so'radim. "Namozni vaqgida o'qi, ular bilan birga namoz vaqgiga yedang, namozni birga
o'qi, men o'qiganman, o'qimayman dema", dedilar.
434-bob. Taajjublanganda qo'lini tizzasiga urgan kishi haqida
983. Hz. Husayn (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) hz. Ali (k.v.) va qizlari
Fotima (r.a.)ning uylariga kelib uyg'otib: "Namoz o'qimaysizlarmi?" - dedilar. Hz. Ali:
"Ey, Rasululloh, barchamizning jonimiz Allohning huzurida (qo'lida)dir, U uyg'otishni,
tiriltirishni xohlasa, uyg'onamiz", dedilar. Rasululloh biron narsa demay ketib qoldilar.
Keyinroq eshitdimki, qaytib ketayotib qo'llarini sonlariga urib: "Darhaqiqat, inson ko'p
janjal (bahs) qiluvchidir" (18:54), debdilar".
984. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men hz. Alini peshonalariga qo'llari bilan urib shunday
deyotganlarini ko'rdim: "Ey, irokliklar, sizlar meni Rasululloh (s.a.v.)ga tuhmat qilayapti,
deb gumon qilayapsizlarmi? Sizlarga saodat, farahu menga gunoh bo'ladimi? Guvohlik
beramanki, Rasululloh (s.a.v.)ning: "Birortangizning poyabzali ipi uzilib keda, uni
tuzatmay turib ikkinchisi bilan yurmasin", deganlarini eshitganman".
Yüklə Dostları ilə paylaş: |