Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
165
477-bob. Salomga baxillik qilgan kishi haqida
1073. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Haqiqiy yolg'onchi qasamiga yolg'on
qo'shgan odamdir, haqiqiy baxil esa, salomga baxillik qilgan kishidir. Namozdagi o'g'ri
(ya'ni uning arkonlarini o'rniga qo'yib bajarmay, shoshilib o'qiydigan odam)
haqiqiy
o'g'ridir".
1074. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Salomini qizg'angan eng baxil odamdir. Eng ojiz kishi
esa, duoda ojizlik qilgan odamdir".
478-bob. Yosh bolalarga salom berish haqida
1075. Anas ibn Molik (r.a.) yosh bolalarning oldidan o'tar ekanlar, salom berdilar va:
"Rasululloh (sa.v.) shunday qilardilar", dedilar.
1076-hadis. Anbasa aytdilar: "Men Ibn Umar (r.a.)-ning yozuvchi-kotiblar orasidagi
bolalarga salom berayotganlarini ko'rdim".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: