563-bob. Kiyimga o'ralib olish haqida
1217-hadis. Sulaymon ibn Jobir Hujaymiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning
oldilariga kelganimda, ul zot burdaga o'ralib olgan edilar, uning etaklari oyoqlarigacha
tushib turardi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling", dedim. Ul zot:
"Allohdan qo'rq, hech bir yaxshilikni arzimas sanama, suvsagan bir odamning idishini
chelagingdagi suv bilan to'latib berish yoki birodaringga ochiq chehra bilan gapirish bilan
bo'lsa-da yaxshilik qil. Ustki kiyiming (izor)ini uzun kiyishdan saqlan, chunki u Alloh
yoqgirmaydigan ishlardandir. Bir kishi sendan biron kamchilik topib, tanbih bersa, sen
uning ay-bini topib tanbih berma! Qo'y uni! Uning fikri o'zi-ga (zarariga)dir, savobi
senga bo'ladi. Hech narsani so'kma", deya nasihat qildilar". Jobir (r.a.) aytdilar:
"Shundan keyin men hech bir insonni ham, hayvonni ham so'kmadim".
1218-hadis 546-bobdagi 1185-hadisning takrori, faqat bunda Abu Hurayra (r.a.) men
Hasanni ko'rganimda ko'zlarim jiq yoshga to'ladi", deb boshlagan.
564-bob. Tiz cho'kib o'tirgan kishi haqida
1219. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) qavm bilan peshin
namozini o'qidilar. Salom berilgach, minbarga chiqib qiyomat-ni va unda bo'ladigan
buyuk ishlarni esladilar. So'ngra: "Kim nima haqda so'ramoqchi bo'lsa, marhamat,
so'rasin. Allohga qasamki, mana shu o'rnimda ekanman, siz nima so'rasangiz ham javob
beraman", dedilar". Anas (r.a.) (davom etib) aytdilar: "Odamlar Rasululloh (s.a.v.)dan
buni eshitib, ho'ngrab yig'lay boshladilar. Rasululloh (s.a.v.) esa, "So'rang!" deya
takrorladilar. Shunda hz. Umar (r.a.) tiz cho'kib: "Biz Allohni Parvardigor deb, Islomni
din deb, Muhammadni Payg'ambar deb rozi bo'ldik", dedi. Ra-sululloh (s.a.v.) hz. Umar
(r.a.) gapirayotganda jim turdilar. So'ng: "Juda yaxshi. Jonim qo'lida bo'lgan Zotga
qasamki, namoz o'qiyotganimda jannat va do'zax mana shu devorning yuzida menga
ko'rsatildi. Yaxshi-likni ham, yomonlikni ham bugungidayini ko'rma-dim", dedilar".
Yüklə Dostları ilə paylaş: |