Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Chalqancha yotish haqida


səhifə215/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

565-bob. Chalqancha yotish haqida 
1220. Abdulloh ibn Zayd ibn Osim Mozoniy (r.a.) aytdilar: "Men Rasuli akram (s.a.v.)ni 
bir oyoqlarini ikkinchisining ustiga qo'yib chalqancha yotganlarini ko'rdim". 
1221. Ummu Bakr binti Musavvirning otasi aytdi: "Men Abdurrahmon bin Avf (r.a.)ni bir 
oyog'ini ik-kinchisining ustiga ko'tarib chalqancha yotganlarini ko'rdim" 
566-bob. Yuztuban yotish haqida 
1222. Ibn Tixfa G'iforiyning otasi ashobi suf-fadan edilar. U kishi aytdilar: "Men 
masjidda kechaning oxirgi qismida uxlayotgandim. Qornimni yerga berib 
uxlayotganimda kimdir kelib, oyog'i bilan meni turtib: "Tur, bunaqa yotish Allohning 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
185
g'azabini keltiradi", dedi. Boshimni ko'tarib qarasam, tepamda Rasululloh (s.a.v.) turgan 
ekanlar". 
1223. Abu Umoma (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) masjidda yuzini yerga 
qilib (yuztuban) cho'zilib yotgan odamning yonidan o'tayotib: "Tur, (ey) 
jahannamiylarcha uxlayotgan odam!" - deb oyoqlari bilan turtdilar". 
567-bob. Faqat o'ng qo'lda olib berish haqida 
1224. Solimning otasi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz chap qo'li bilan yeb-
ichmasin, chunki shayton chap qo'lida yeb ichadi", dedilar. Nofi' (r.a.) bunga shunday 
qo'shimcha qildilar: "Ul zot yana: "Chap qo'l bilan olmangiz ham, bermangiz ham", 
degandilar. 
568-bob. O'tirmoqchi bo'lganda poyabzalini qaerga qo'yish kerakligi haqida 
1225. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kishi o'tirayotganda poyabzalini yechib, 
yoniga qo'yishi sunnatdir". 
569-bob. Shayton to'shakka kaltak va tosh tashlashi haqida 
1226. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Sizlardan bi-ringiz ayolini o'ringa yotqizib, ko'nglini 
olayotganda shayton u odamni ayolidan g'azablantirish uchun uning to'shagiga kelib, 
kaltak, tosh va yo (shunga o'xshash) narsalarni tashlaydi. Agar shunday (narsa) topsa, 
ayoliga jahl qilmasin, zero u shaytonning amallaridandir". 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin