Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Kun oxiridagi uyqu haqida


səhifə223/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

594-bob. Kun oxiridagi uyqu haqida 
1278. Xavot ibn Jubayr aytdilar: "Kunning avva-lida uxlash - tentaklik, o'rtasida uxlash 
odob va oxi-rida uxlash ahmoqlikdir". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
192
595-bob. Ziyofat haqida 
1279. Maymun ibn Mehron Nofi' (r.a.)dan: "Ab-dulloh ibn Umar (r.a.) ziyofatga 
chaqirganlarmi?" - deb so'radilar. "Lekin tuyalari shikastlanganda uni bizga so'yib 
bergandilar", dedi Nofi' (r.a.), so'ng: "Madinaliklarni oldimga yig'ib kel", dedilar Ab-
dulloh ibn Umar (r.a.). Men: "Ey, Abu Abdurrahmon, nima uchun chaqiramiz, axir 
nonimiz yo'q-ku?" - de-dim. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "O'zingta shukr, Allo-him, mana 
bu nimta-nimta go'sht, bu esa go'shtli sho'rva, kim xohlasa yeb-ichib ketaveradi, 
xohlamagan yo'q", dedilar". 
596-bob. Erkaklarni xatna qildirish haqida 
1280. Abu Hurayra aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Ibrohim (a.s.) 80 yoshlaridan 
keyin Qaddum degan joyda o'roq-randa (ga o'xshash tig') bilan xatna qilinganlar", 
dedilar". 
Qaddum Xalaf yaqinidagi bir joyning nomi. Madina yaqinidagi tog'ni ham shunday 
deyisharli, deguvchilar ham bor. 
597-bob. Ayollarni xatna qilish haqida 
1281. Ummu-l-Muhojir aytdilar: "Men Rum yaqini-da asirga tushdim. hz. Usmon (r.a.) 
bizga Islomga ki-rishni taklif qidtsilar. Men va yana bir kishidan boshqa hech kim 
musulmon bo'lmadi. Hz. Usmon (r.a.) (yonidagilarga): "Bu ikkovini xatna qildirib, 
tozalang", dedilar". 
598-bob. Xatna ziyofatiga chaqirish haqida 
1282. Solim aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) men va Nu'-aymni xatna qildilar va bizga 
qo'chqor so'ydilar. Biz uchun qo'y so'yilganiga bolalarcha suyunganimizni ko'rsangiz 
edi!" 
599-bob. Xatna marosimida xursandchilik qilish haqida 
1283. Hz. Oyisha (r.a.) akasining qizlari xataa qil-dirilgan edi. Oyisha onamizga shu 
munosabat bilan "Ularni xursand qilish uchun birortasini chaqirmay-mizmi?" - deyishdi. 
Hz, Oyisha (r.a.): "Mayli", deb Adiyga odam yubordilar, u keddi. Oyisha onamiz uy-
larining yonidan o'ta turib Adiyning boshini tebra-tib, zavq bilan xonish qilayotganini 
ko'rdyutar. U ser-tuk odam edi. Oyisha (r.a.): "Bay-bay, chiqarib yubo-ringlar 
shaytonni, chiqaringlar uni!" - dedilar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin