www.ziyouz.com kutubxonasi
187
qiladilar: "Baraka-lilik borasida eng a'losidir", dedilar". Biz sifatsiz xurmolarni tuya va
hayvonlarimizga yedirardik. Ushbu safardan qaytganimizdan keyin bu xurmolarga
nisbatan buyuk rag'bat tuydik. So'ng bu xurmoning navdalarini ek-dik. Hatgo bu
xurmolarimiz o'shandan yuzaga keldi, Biz undan baraka topdik.
Ashaj -peshonasida tirtig'i bor, degani .
574-bob. Ertalab turganda nima deyilishi haqida
1234-hadis 272-bobdagi 619-hadis, 1235-hadis 291-bobdagi 7.19-hadis-larning takrori
bo'lib kelgan.
1236. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki ertalab turgan
paytda: "Ey, Allohim, Sening shohidligingda, Arshingni ko'tarib turadigan (farishtalar),
maloikalar va barcha mahluqotning shohidligida tong ottirdik. Albatta, Sen Allohdirsan,
sendan boshqa hech qanday iloh yo'q. Sen yolg'izdirsan, Sening hech qanday sheriging
yo'q. Muhammad (s.a.v.) bandang va elchingdir" - deb ayt-sa, Alloh taolo uning o'sha
kuni 1/4 qismini do'zaxdan ozod qiladi. Kimki 2 marta aytsa, Alloh uning yarmini
do'zahdan ozod qiladi. Kimki 4 marta aytsa, Alloh o'sha kuni uni do'zax olovidan ozod
qiladi.
575-bobdagi 1237, 1238, 1239-hadislar 293-bobdagi 727-hadisning takrori.
576-bob. O'ringa kirayotganda nima deyilishi haqida
1240. Huzayfa (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uxlamoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sening
isming bilan o'lib-tirilurman", der edilar. Uyg'onganlarida: "Bizga o'ddirganidan so'ng
takror hayot bergan Alloh taologa hamd bo'lsin, qaytishimiz faqat Ungadir", der edilar".
1241. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) o'rinlariga kirganlarida: "Bizni
yedirib-ichirgan, kifoyat etgan va panoh bo'lgan Alloh taologa hamd bo'lsin. Kifoya
qiluvchisi va panohi bo'lmaganlar qan-chadan qanchadir", der edilar.
1242. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alif. Lom. Mim. Tanzil..."ni ("Sajda"
surasi) va "Taborakallaziy bi-yadihi-l-mulk.."ni ("Mulk" su-rasi) o'qimay uxlamas edilar.
Abu Zubayr (r.a.) ayt-di: "Bu ikki sura Qur'onning boshqa suralaridan yetmish hasanot
fazilatlidir. Ularni kim o'qisa, unga 70 hasaiot yoziladi, darajalari 70 barobar ko'tari-ladi
va 70 ta gunohi o'chiriladi".
1243. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Zikr asnosida uyku shaytondandir,
xohlasangiz tajriba qilib ko'ring. Biringiz xo'shagiga yotib, uxlamoqchi bo'lsa, Alloh azza
va jallani zikr qilsin".
1244-hadis 1242-hadisning takrori.
1245. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Raslululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan biringiz
to'shagiga yotayotganda uning ichlarini chiqarib yaxshilab qoqsin, chunki uning ichida
nima borligini (nima kirib olganini) bil-maydi. So'ng shunday deb duo qilsin: "(Ey,
Allohim), Sening isming bilan yonimni (to'shakka) qo'ydim. Naf-simni hisob qilar (ya'ni,
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
Yüklə Dostları ilə paylaş: |