www.ziyouz.com kutubxonasi
188
jonimni olar) ekansan, rahm qil (Allohim). (Qayta uni jasadimga) yo'llasang, solih
qullaringni asraganingdek meni ham hifzu himoyangga olgin!"
1246. Baro bin Ozibdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Uxlamoqchi bo'lgan
odam o'ng yoni bilan yotsin va shunday desin: "Ey, Allohim, o'zingga yuz-landim,
o'zimni Senga taslim qildim, Senga tayan-dim, e'timod qildim, Senga xohish-istagim
bor. Sen-dan qo'rquvim bisyor! Sendan o'zga najotkor va Sendan o'zga panohim yo'q!
Najotu panoh - himoya faqat Se-ningdir! Nozil qilgan kitobigga inondim, yuborgan
Payg'ambaringga imon keltirdim". Agar banda mana shularni o'qib yotsa va vafot etsa
imonli ketadi".
1247. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yotoqlariga kirganlarida:
"Osmonlaru yerning Parvardigori bo'lmish Allohim! (Ey) donu urug'ni (yaratuvchi,
unduruvchi), Tavrot, Injil va Qur'onni indiruvchi! Sen peshona kokilidan tutadigan
barcha yomonlik egalaridan panoh bergin! O'zing Avvalsan, Sendan oddin hech narsa
yo'q; o'zing Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo'q; o'zing Zohirsan, Sendan tashqa-ri
hech narsa yo'q; o'zing Botinsan, Sendan mustasno hech narsa yo'q. qarzlarimdan najot
bergin, faqir-likdan (qutqarib), boy qilgin", der edilar".
577-bob. Uyquga yotadigan paytdagi duoning fazilati
1248-hadis 1246-hadisning takrori.
1249. Jobir (r.a.) aytdilar: "Bir kishi uyiga ki-rib, to'shagiga yotganida uning oldiga
farishta va shay-ton shoshiladi. Farishta: "Yaxshilik bilan xotima top-sin", desa,
shayton: "Yomonlik bilan xotima topsin", deydi. (Shunda u kishi) agar Allohga hamd
aytib, Uning zikrini qilgan bo'lsa, (Alloh shayton)ni quvib yubo-radi va (banda) yotib
turgunicha panoh bo'ladi. U uyg'on-ganida ham farishta va shayton unga shoshilishadi
va yana o'shanday deyishadi. (Banda shudda Allohning zik-rini qilib: "O'lganimdan so'ng
jonimni takror qay-targan va uyqumda o'ldirmagan Allohga hamd bo'lsin! Osmonlaru
yerni zavol topishdan saqlab turadigan, agar ular zavolga yuz tutsalar, U Zotdan so'ng
(Undan o'zga) hech kim saqlay olmaydigan Zotga - Allohga shukrlar bo'lsin! Darhaqiqat,
U halim va mag'firatli Zotdir. Osmonni yerga iznsiz qulab tushishidan tutib turuvchi
Allohga hamdlar bo'lsin! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehriban va rahmlidir",
desa va o'lsa, shahid bo'lib o'tadi. Agar (o'lmay) tursa va namoz o'qisa, fazi-latlar ichra
o'qigan bo'ladi".
Yüklə Dostları ilə paylaş: |