Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
qilsin!" - dedi. Abdulloh ibn Amr: "Rasululloh (s.a.v.) qo’shniga ehson qilishlikni tavsiya
etganlarini eshitganman, shunchalar ko’p tavsiya qilganlarki, hatto qo’shni bizga
merosxo’r bo’ladimikin, deb o’ylab qolganmiz". deb javob berdi .
71-bob. Karam Haqida
129. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)dan:
"Odamlarning eng karimi kim?" - deb so’rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning eng
karimi Alloh taolodan qo’rquvchirog’idir", dedilar. Ular: "Yo Rasululloh, biz uni
so’ramadik", deyishdi. Rasululloh: "Odamlarning karimrog’I Hazrat Ya'qub payg’ambar
o’g’li va Ibroxim xalilullohning nabirasi Hazrat Yusuf payg’ambar (a.s.)dirlar", dedilar.
Ular yana: "Bizning savolimiz bu haqida ham emas edi", deganlarida, Rasululloh
(s.a.v.): "Siz arablarning ma'dani qabilalari haqida so’rayotgan bo’lsan-giz kerak,
jo?iliyat zamonida kim yaxshi bo’lgan bo’lsa, Islom dinini qabul qilib, uni yaxshi o’rganib
va shunga muvofiq amal qilsa, ularning yaxshi nomi karimliklari davom etaveradi", -
dedilar.
Karam so’zi ko’p ma'noni o’z ichiga oladi. Karam insonga xos bo’lgan viqor va fazilatlar,
barchaga ma'qul keladigan fel-atvorni ifoda etadi. Karam to’grisida savol bergan
sahobiylarning maqsadlariga Rasulullohtushunib turgan bo’lsalar ham musulmon kishilar
uchun avzal karamning yuqori qismi bo’lgan taqvoni eslatdilar. Keyin nasabi
paygambarlardan bo’lgan Yusuf (a.s.)ni zikr etdilar, chunki arablar nasabning diniy
tomoniga e'tibor bermay, faqat hukmronlik va mol-mulkda ustunlikni nazarda tutar
edilar. Savol berayotganlar uchinchi bor takrorlapshlarida Rasululloh (s.a.v.) maqsadni
anglatib, shunda ham asosiy e'tiborni dinga qaratish keraklshmni uqtirdilar. Din bu
o’rinda taqvogina emas, goya va vijdon hamdir .
Yüklə
Dostları ilə paylaş: