Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
70
himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mushriklar ularni
himoya qilarmikan,
degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Xotib to'g'risini
gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnash-ganlardan-ku, Alloh taolo Badrda
qataashgan-larga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlar-ga jannat lozim bo'ldi,
degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-man,
degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo
va uning Rasuli yaxshiroq
biluvchidir", dedilar.
Bir ishni - mazkur asar sharhdovchyasi Fazlulloh Jiyloniy izohiga ko'ra, janobi
Payg'ambar (s.a.v.) uzluksiz ro'zador bo'lishlik, bir umr beva o'tishlikka qarshi
chiqqanlar. Ba'zi taqvodorlarning fikricha, uzluksiz ro'zador bo'lish va o'z ayolini bo'sa
qilmaslik, safarda ham ro'za tutish kerak emish. Rasululloh (s.a.v.) mana shu ishlarning
aksini qildilar, ya'ni kishi uzluksiz ro'za tutmasin, uylansin, ro'zador kishi ayolini bo'sa
qilsa, ro'zasi ochilmaydi va safarda tutmaslik yaxshi, deganlarida, ba'zi kishilar bu ish
bilan kamolotga erishib bo'lmaydi, deb o'ylashdi.
442. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biron odam noma'qul ish qilib qo'yganda ham
Rasululloh (s.a.v.): "Nima uchun shunaqa qilding?" - deb uning yuziga solmas edilar. Bir
kuni huzurlariga bir kishi kirdi. Unda o'ziga surtgan xushbo'y sariq narsaning asari bor
edi. U
kishi chiqib ketganidan keyin, Rasululloh (s.a.v.) sahobiylariga: "Bu odam shu
xushbo'y sariq narsani surtmasa (ikkinchi rivoyatda: ishlatmasa) yaxttti edi", degan
edilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: