Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


səhifə85/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
205. Musulmonni kofir demoq haqida 
444. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qshshndi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir kishi 
musulmon birodariga qarata kofir desa, shu so'z tufayli ikkisidan biri kufrga ketadi", 
dedilar". 
445. Ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: 
"Agar bir mo'min birovni kofir desa, ikkisidan biri albatga kofir bo'ladi. Agar kofir dedigi 
kishi haqiqatdan ham kofir bo'lsa, to'g'ri aytgan bo'lib chiqadi. Agar aytgani to'g'ri 
bo'lmasa, aytgan odamning o'zi kufrga ketgan bo'ladi". 
Bu ikkita hadis mazmuni 437-438-hadislarda ham qisman bor va ular Abu Zarr 
G'iforiydan rivoyat qilingan. 
206-bob. Dushmanlar kulgisidan Allohtsan panoh so'rash haqida 
446. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning yomon 
qazoyi kadaridan va dushmanlarga kulgi bo'lishdan panoh so'rardilar". 
207. Isrof 
447. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Sizlarning uchta ishin-gaz uchun Alloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azablik 
bo'ladi: birinchisi, ibodatai Allohning o'zigagina qilib, boshqa narsalarni unga sherik 
qilmasli-gangazga; ikkinchisi, Alloh taoloning dini va Kur'oniga e'tiqod qilmog'ingizga; 
uchinchisi, Alloh taolo sizga boshliq qilib qo'ygan kishiga xayrixoh bo'lmog'ingizga rozi 
bo'lsa, bo'lar-bo'lmas gapni naql qilishib yurmog'ingizga, ko'p surishtiravershplik yoki 
so'rashlik (gadoylik qilish) va molni noo'rin yerlarga sarf qilib zoe qilmog'ingizga 
g'azablanadi", dedilar". 
Bu hadisning qisman mazmuni 16-hadisda ham bor. 
448. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Alloh taoloning: "Biror narsani (muhtojlarga xolis) 
ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir", 
(34:39) degan oyatga "isrof ham, tanglik ham qilmasdan sarflasangiz", deb izoh bergan 
edilar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin