Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
69
436. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Musulmon
kishining so'kishmog'i fosiqlik va birovni o'ldirmog'i kufrdir", dedilar".
437. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir
kishi ikkinchi kishini fosiq va kofir, deb malomat qilmasin. Agar u malomat qilgan kishi
haqiqatan o'shanday bo'lmasa, fosiqlik va kofirlik malomat qiluvchining o'ziga borib
tegadi", degan gaplarni eshitdim", dedilar.
438. Yana Abu Zarr G'iforiy (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.)dan: "Bir kishi
boshqa odamni o'zi bila turib, bu mening otam, deb da'vo qilsa, Alloh taologa kufroni
ne'mat qilgan bo'ladi. Bir kishi qavmdan bo'lmay turib, men shu qavmdanman, deb
da'vo qilsa, do'zaxdan o'zining joyini olaversin. Birovni kofir yoki Alloh taoloning
dushmani, deb chaqirsayu, lekin u haqiqatdan shunday bo'lmasa, bu chaqiruvi uning
o'ziga borib taqaladi", deganlarini eshitdim".
439. Rasululloh (s.a.v.)ning sahobiylaridan Sulaymon ibn Surad (r.a.) aytdilar:
"Rasululloh (sa.v.) huzurlarida ikki kishi bir-biri bilan koyishdi. Shunda bittasining
qattiqjahli chiqib, hatto yuzi qizarib, ahvoli ham o'zgardi va Rasululloh huzurlaridan
chiqib ketdi. Shundan keyin Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Men bu kalimani bilaman, agar
bu jahli chiqqan kishi shu kalimani aytsa, jahlidan tushadi", dedilar. Payg'ambar
(s.a.v.)ning bu gaplarini kimdir unga borib aytdi va u kalima "Auzu billohi mina-sh-
shaytonir rajim" ekan. "Sen shu kalimani aytgin", dedi. Shunda u: "Bor, jo'na. Men-da
biror kasallik bor deb o'ylaysanmi, men maj-nunmanmi?" - deb uning gapini qabul
qilmadi".
440. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Musulmonlardan har ikki
kishining o'rtasiga (aybini bir-biriga ko'rsatmaslik uchun) Alloh taolo tomonidan parda
qo'yilgan. Agar ulardan bittasi ikkinchisiga yomon gap aytsa, koyisa, haqorat qilsa, Alloh
taoloning qo'ygan o'sha pardasini yirtgan bo'ladi va bittasiga sen kofirsan desa, ulardan
bittasi albatta kofir bo'lib qoladi", dedilar.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: