Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


səhifə90/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

218-bob. Saranjomlik haqida 
477. Kasir ibn Ubayd aytdilar: "Men ummu-l-mo'minin hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga 
kirdim. Shunda u zot menga: ozgana sabr et, men lungamni yamab olay, dedilar. Men u 
zotga agar bu voqeani chiqib odamlarga gapirsam, ular sizni albatga baxil, deb 
hisoblashadi, dedim. Oyisha (r.a.): "Mayli, o'zing bilasan. Eski kiyim kiymaydigan 
kishida yangi kiyim bo'lmaydi", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
219-bob. Muloyimlikning avloliga haqida 
478. Abdulloh ibn Mug'fil (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh 
muloyimdir. Yumshoq fe'lli bandasini sevadi. U dag'al bandasiga emas, muloyim fe'lli 
bandasiga ajr-mukofot beradi". 
220-bob. Cho'chitmaslik haqida 
480. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga dindagi og'ir 
mashaqqatli amallarni emas, yengil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og'ir 
amallarni buyurib dindan Qo'rqitib, cho'chitib yubormang", dedilar". 
481. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Bani Isroil qavmidan bir 
kishining uyiga mehmon keldi. Ularning hovlisida bir urg'ochi it bo'lib, unga egalari 
"Mehmonimizga vovullab uning tinchligani buzmagan", deb tayinlashdi.It o'zi 
vovullamasa ham qornidagi bolalari akillashdi. Shunda ular bu voqeani o'z 
payg'ambarlariga zikr qilganlarida, payg'am-barlari: "Bu hol sizlardan keyin bo'ladigan 
bir mshshatning holiga o'xshaydi. Ular orasidagi nodonlari donolari ustidan hukmronlik 
qiladi", degan ekan". 
221. Nazokatlilik haqida 
Bu bob Shamsuddinxon Boboxonov tarjimasida "Ahmoqlik va johil-lik", deb atalgan, asl 
matndagi sarlavhani qo'ydik.Hz. Oyishadan rivoyat qilingan 482-hadis turkchadagi 475-
hadis va bizning nashrimizdagi 475-hadisning qisman takrori. 
483. Abu Nazra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi shunday hikoya qildilar: "Bizlar(ning 
qabilamiz)dan bo'lgan Jobir (yoki Juvaybir) degan kishi aytdi: "Men hz. Umarning 
xalifalik vaqtlarida u kishidan bir hojat talab qilib Madinai munavvaraga keddim. Kelgan 
vaqtim kechasi bo'lgani uchun huzurlariga erta-si kuni erta bilan kirdim. U zot bilan 
bo'lgan suhbatimiz orasida men bu foniy dunyo haqida gapirib, Alloh taoloning menga 
bergan so'zga ustaligi va ziyrakligi bilan bu dunyoni hech arzimaydigan haqir bir narsa, 
deb isbot etishga harakat qildim. Shu vaqtda hz. Umar yonlarida oq kiyim kiygan oq 
sochli bir kishi o'tirgan edi. Men gapimni tamom qilganimdan keyin u kishi menga qarab: 
"Hamma gaplaringiz aqlli, ammo bu dunyoni shu qadar tahqirlashingiz uncha ma'qul 
emas. Dunyo nimadan iborat, bilasizmi? Oxiratga erishmoq yoki oxirat uchun zod-roxila 
tayyorlamoq shu dunyoda bo'ladi. Oxirat kuni jazosini ko'radigan yaxshi-yomon ish-
larimizni mana shu dunyoda qilamiz", deb dunyoning yaxshi tomonlarini mendan ko'ra 
yaxshiroq bilishini isbot qildi. Shunda men: "Yo amir al-mo'minin! Bu yoningizdagi kishi 
kim bo'ladilar?" - deb so'radim. Hz. Umar: "Bu musulmonlarning sayyidi Ubay ibn Ka'b 
(r.a.)dirlar", dedilar". 
484. Baro ibn Ozib (r.a.u aytdilar: "Rasululloh (s.a.v): Alloh taoloning bergan ne'matlari 
uchun rozi va xursand bo'lmaslik va unga shukrona qilmaslik katta gunohdir", dedilar". 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin