Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
219-bob. Muloyimlikning avloliga haqida
478. Abdulloh ibn Mug'fil (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh
muloyimdir. Yumshoq fe'lli bandasini sevadi. U dag'al bandasiga emas, muloyim fe'lli
bandasiga ajr-mukofot beradi".
220-bob. Cho'chitmaslik haqida
480. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga dindagi og'ir
mashaqqatli amallarni emas, yengil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og'ir
amallarni buyurib dindan Qo'rqitib, cho'chitib yubormang", dedilar".
481. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Bani Isroil qavmidan bir
kishining uyiga mehmon keldi. Ularning hovlisida bir urg'ochi it bo'lib, unga egalari
"Mehmonimizga vovullab uning tinchligani buzmagan", deb tayinlashdi.It o'zi
vovullamasa ham qornidagi bolalari akillashdi. Shunda ular bu voqeani o'z
payg'ambarlariga zikr qilganlarida, payg'am-barlari: "Bu hol sizlardan keyin bo'ladigan
bir mshshatning holiga o'xshaydi. Ular orasidagi nodonlari donolari ustidan hukmronlik
qiladi", degan ekan".
221. Nazokatlilik haqida
Bu bob Shamsuddinxon Boboxonov tarjimasida "Ahmoqlik va johil-lik", deb atalgan, asl
matndagi sarlavhani qo'ydik.Hz. Oyishadan rivoyat qilingan 482-hadis turkchadagi 475-
hadis va bizning nashrimizdagi 475-hadisning qisman takrori.
483. Abu Nazra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi shunday hikoya qildilar: "Bizlar(ning
qabilamiz)dan bo'lgan Jobir (yoki Juvaybir) degan kishi aytdi: "Men hz. Umarning
xalifalik vaqtlarida u kishidan bir hojat talab qilib Madinai munavvaraga keddim. Kelgan
vaqtim kechasi bo'lgani uchun huzurlariga erta-si kuni erta bilan kirdim. U zot bilan
bo'lgan suhbatimiz orasida men bu foniy dunyo haqida gapirib, Alloh taoloning menga
bergan so'zga ustaligi va ziyrakligi bilan bu dunyoni hech arzimaydigan haqir bir narsa,
deb isbot etishga harakat qildim. Shu vaqtda hz. Umar yonlarida oq kiyim kiygan oq
sochli bir kishi o'tirgan edi. Men gapimni tamom qilganimdan keyin u kishi menga qarab:
"Hamma gaplaringiz aqlli, ammo bu dunyoni shu qadar tahqirlashingiz uncha ma'qul
emas. Dunyo nimadan iborat, bilasizmi? Oxiratga erishmoq yoki oxirat uchun zod-roxila
tayyorlamoq shu dunyoda bo'ladi. Oxirat kuni jazosini ko'radigan yaxshi-yomon ish-
larimizni mana shu dunyoda qilamiz", deb dunyoning yaxshi tomonlarini mendan ko'ra
yaxshiroq bilishini isbot qildi. Shunda men: "Yo amir al-mo'minin! Bu yoningizdagi kishi
kim bo'ladilar?" - deb so'radim. Hz. Umar: "Bu musulmonlarning sayyidi Ubay ibn Ka'b
(r.a.)dirlar", dedilar".
484. Baro ibn Ozib (r.a.u aytdilar: "Rasululloh (s.a.v): Alloh taoloning bergan ne'matlari
uchun rozi va xursand bo'lmaslik va unga shukrona qilmaslik katta gunohdir", dedilar".
Yüklə
Dostları ilə paylaş: