Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


səhifə88/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

214-bob. Keng uy haqida 
462. Nofi' ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)-ning shunday deb marhamat qilganlarini 
rivoyat qila-di: "Keng uy, yaxshi qo'shni, yaxshi ot (boshqa rivoyatda: itoatkor xotin) 
musulmon kishining shodligidir". 
215-bob. Namozga yurib borish haqida 
463-hadis. Sobit ibn Qaysdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Anas ibn Molik bilan 
u kishining Zoviyadagi boloxonasida edik. Shu vaqtda azon tovushi eshitilib qoldi. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Ikkimiz boloxonadan tushdik. Keyin hz. Anas mayda qadam tashlab yura boshladilarda, 
so'ng hikoya qildilar: "Men Zayd ibn Sobit bilan birga edim. Shunda u kishi ham xuddi 
men hozir yurganim-dek yurdilar va Rasululloh ham shunday sekin-sekin yurib, keyin 
"Ey, Zayd, mening shunday yurishimning sababini bilasanmi?" - deb so'rabdilar, shunda 
Zayd: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", debdilar. Shunda Rasululloh 
(s.a.v.): "Namozga borayotganimizda tashlayotgan qadamimizning soni ko'p bo'lsin, deb 
shunday mayda qadam tashlab yurayotibman", degan ekanlar". 
Zoviya - Madinai munavvaraning chekkasidagi bir joy nomi  
216-bob. Imoratlarni naqshlash haqida 
464. Abu Huray (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlar uylarini naqshlar 
bilan bezaydigan davr kelmaguncha qiyomat bo'dmaydi", dedilar". 
465. Mug'ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdilar: "Hz. Muoviya Mug'iraga 
Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor, deb xat yubordilar. 
Shunda Mug'ira: Nabiy muhtaram (s.a.v.) har bir farz namozning oxirida yoki undan 
keyin: "Lo iloha illallohu vahdahu, lo sharika lah, lahul mulku va lahu-l-hamd. Va huva 
alo kulli shay'in qadir, Allohumma lo mone'a limo a'taytaa va lo mu'tiya limo mana'ta va 
lo yanfa'u za-l-jaddi minkal-jadd" ka-limalarini aytar edilar, deb yozdilar. Yana u kishi 
shu xatida Rasululloh (s.a.v.) bo'lar-bo'lmas
gaplarni naqya qilib yurishdan, ko'p savol berishdan, molni noo'rin yerlarga zoe 
qilishdan, ona va otalarga oq bo'lishdan, qiz bolalarni tiriklayin ko'mishdan va so'ragan 
kishilarga bermay, olib kelaver, demakdan qaytarganlar, deb yozib yubordilar". 
Kalimaning ma'nosi: Allohdan bo'lak xudo yo'q, u yolgaz, sherigi yo'q, chin egalik va 
hamdlar unga xosdir. Alloh taolo o'zi xohlagan narsani qilishga qodir. Ey, Alloh! Sen 
nimani bersang, uni hech kim man' qilolmaydi va man' qilganingni boshqalar 
beraolmaydi. (Dunyoda) boylikka erishgan kishilarga boyligi (oxiratda) foyda ber-maydi 
(bunga boshqa izohlar ham bor). 
 
Bu hadis mazmuni 16-hadisda va 447-hadisda qisman bor. 
466. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringizni dunyoda qilgan 
amallari do'zaxdan qutqazolmaydi", dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, sizning ham 
amallaringiz qutqazmaydimi?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo 
menga rahm qilmasa, amallarim meni ham qutqazmaydi", dedilar. Yana Rasululloh 
(s.a.v.): "To'g'ri yo'lda bo'linglar. Erta bilan va kechqurun va kechaning bir qismida 
ibodat bilan mashg'ul bo'ling, imorat qilishda ham o'rtacha holni tuting. Shunda 
mo'ljalga yetasizlar", dedilar". 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin