Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Isrof qiluvchilar haqida


səhifə86/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

208-bob. Isrof qiluvchilar haqida 
449. Ubayd (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan "isrofgar" degan so'zning 
ma'nosini so'raganimda, Abdulloh: "U molni nohaq yerlarga sarflaydigan kishilardir", 
dedilar". 
450. "Isrofgarchilik pirting-chirting joylarga ham molni (mablag'ni) sarflashdir", dedilar 
Abdulloh ibn Abbos (r.a.). 
209-bob. Turar-joylarni ta'mirlash haqida 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
451. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Otam hz. Umar (r.a.) 
minbarga chiqib: "Ey odamlar! Turar joylaringizni tuzatinglar. Uy ilonlari sizlarni 
qo'rqitishdan oddin o'zingiz ularni qo'rqiting. Ilonlarning musulmonlari sizlarga 
ko'rinmaydi. Qasam bilan aytamanki, ilonlar bilan oramizda adovat paydo bo'lganidan 
buyon biz sira yarashgan emasmiz", dedilar". 
Iblisga jannatga kirish man qilingan vaqtda u ilonni avrab, uning og'zida jannatga kirib 
olgan. Jannatga kirib olgach, Odam (a.s.)ga vasvasa qildi va hatto ayollari bilan 
jannatdan quvilish-lariga sababchi bo'ldi. Shundan keyin Odam (a.s.) bilan ilon o'rta-
sida adovat paydo bo'ldi. 
210-bob. Qurilishga sarf qilish haqida 
452. Xabob ibn Arat (r.a.) aytdilar: "Har bir kishi qurilishga ruju qo'ysa gunohga botadi". 
Bu yerda qurilishdan murod - o'zi va oilasiga yetarli binosi bo'la turib, maqtanish uchun 
ortiqcha qilinadigan binolar nazarda tutilmoqda 
211-bob. Ishchilar bilan qo'shilishib ishlash haqida 
453-hadis. Abdulloh ibn Amr (r.a.) Vahatdan kelgan akalarining o'g'lidan: 
"Mardikorlaring ishlayaptimi?" - deb so'raganlarida, u: "Bilmayman", dedi. Abdulloh ibn 
Amr: "Agar sen Saqif qabilasidan bo'lganingda mardikoring nima qilayotganini albatta 
bilgan bo'lar eding", dedilarda, keyin bizlarga qarab: "Kishi mardikorlari bilan birga 
hovlisida (ikkinchi rivoyatda: molida) ishlasa, Alloh taolo uchun ishlagan kishilardan 
bitgasi bo'lib hisoblanadi", dedilar. 
Vahat - Toifi sharifdagi bir joy nomi. 
Saqif - Toifda yashaydigan bir qabilaning nomi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin