Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Binolarni baland qilish bilan maqtanish haqida


səhifə87/234
tarix30.05.2022
ölçüsü
#60006
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   234
Al-adab al-mufrad Imom Ismoil al-Buxoriy

212-bob. Binolarni baland qilish bilan maqtanish haqida 
454. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): 
"Odamlar imoratla-rining balandligi bilan bir-birlariga maqtanadigan davr bo'lmaguncha 
qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar". 
455. Hz. Hasan (r.a.) aytdilar: "Men hz. Usmon ibn Affonning xalifalik zamonida 
Rasululloh (s.a.v.) yashagan uyga kirsam, uyning shipiga qo'lim bemalol yetdi". 
456. Dovud ibn Qays Abu Sulaymon Dabbog' (r.a.) aytdilar: "Hz. Rasululloh (s.a.v.) 
oilalarining hujralari xurmo daraxtining shoxlaridan yasalgan bo'lib, tashqarisidan yung 
lattalari bilan qoplanganligini ko'rdim. Uylarining eni hujraning eshigigacha olti yoki yetti 
gaz. Uyning ichi o'n gaz, balandligi esa yetti-sakkiz gazga yaqin, deb taxmin qildim. Hz. 
Oyishaning eshiklari Mag'rib tomonga qaragan edi". 
457. Abdulloh Rumiy (r.a.) aytdilar: "Men Ummu Talaq degan ayolning uyiga kirdim-da: 
"Uyingizning shipi juda past ekan", dedim. Shunda Ummu Talaq: "Ey, o'g'ilcham! Amir 
al-mo'minin hz. Umar o'zlarining atrofdagi voliylariga binolaringizni baland qilmang, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
chunki binolarning baland bo'lishi yomon kunlaringizdan biri ekanligining alomatidir, deb 
xat yuborganlar", dedi". 
213-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida 
458. Habba ibn Xolid bilan Savo ibn Xolid (r.a.) aka-uka ikkalasi Nabiy muhgaram 
(s.a.v.)ning huzurlariga kelishgan edi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) imoratning 
devorini (boshqa rivoyatda: uyni) tuzatayotgan edilar. Shunda aka-uka Rasululloh 
(s.a.v.)ga qarashishdi. 
459. Qays ibn Abi Hozimdan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bizlar Xabob ibn Aratning 
betobligini so'rashga kirdik. U kishi qorinlarini davolash uchun yetti martaba kayy 
qildirgan edilar. U kishi: "Bizdan ilgari o'tgan birodarlarimiz dunyo maishatiga berilmay, 
savoblarini to'liq, kamaytirmay olgan edilar. Bizlar esa, shu qadar boyliklarga erishdikki, 
uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik. Rasululloh (s.a.v.) o'zimizga o'lim tilashni 
man qilmaganlarida men albatta o'zimga Alloh taolodan o'lim so'ragan bo'lardim", 
dedilar". 
"Kayy" - arablardagi eski tabobatda ba'zi kasalliklarni davolash uchun kuydirilar edi. 
Uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik -ya'ni hammamiz boy bo'lib, sadaqani 
qabul qiladigan kishi qolmadi. 
460. Qays ibn Abi Hozim aytdilar: "Biz ikkinchi marotaba Xabob ibn Aratning huzurlariga 
keldik. U zot o'zlariga qarashli (yoki uyning) bir devorni tuzatayotgan edilar. Shunda: 
"Musulmon kishiga tuproqqa ketkazadigan sarfidan bo'lak hamma sarflari uchun albatta 
ajru savob beriladi", dedilar". 
Tuproqdan murod - maqganish uchun hojatdan tashqari qilinadigan imoratlar, masjid, 
madrasa, maktab, yetimxona va yotoqxona kabi sadaqai joriya niyatida qilinadigan 
binolar bunga kirmaydi. 
461. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Men o'zi-mizning cho'p va qamishdan qilingan 
uyimizni (bu-zib, qayta) tuzatayotgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) o'tib qoldilar-da: 
"Nima qilayotibsiz?" - deb so'radilar. Men: "Yo Rasulalloh, uyimizni isloh qilayo-tibman", 
degan edim. Rasululloh (s.a.v.): "Ish bun-dan ko'ra tezroqdir", dedilar". 
Ishdan murod - o'limdir, ya'ni buzilmay turgan uyingni tuzatgu-ningcha balki o'lim kelib 
qolar. Buni tuzatishdan ko'ra amalni tu-zat, demoqchi bo'ldilar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin