Jadid matbuotchililgi
Jadid matbuotchiligi 1905 yildan keyin 17-oktyabr manifesti bergan ma’lum erkinliklar
samarasi sifatida maydonga keldi.
Biroq bunda:
1)
Turkistondagi mavjud o’zbekcha nashr – “Turkiston viloyatining gazeti”;
2)
Usmonli Turk,Kavkaz,Volga bo’yi matbuotchiligining ham roli katta bo’ldi
Turkiston matbuoti umumrusiya musulmon matbuoti bilan qadam-baqadam bordi,o’lka
turmushi milliy taraqqiyot bilan bog’liq masalalarni ko’tarib chiqdi va hal qilishga
urindi.Milliy adabiyotning shakllanishi hamda taraqqiy qilishiga munosib hissa qo’shdi.
Turkiston davriy matbuoti tarixidan
Turkistonda davriy matbuot aslida jadidlardan ilgariroq 1870-yilda paydo bo’ldi va u
o’lkaga kirib kelgan Rusiya hukumatining harbiy istilochilik siyosatiga xizmat qildi.
Tarixi quyidagicha edi:
1867-yil 14-iyulda Toshkentda Turkiston harbiy okurugi shtabi qoshida harbiy hujjatlarni
lozim nusxada ko’paytirish maqsadida bosmaxona tashkil qilinadi.1868-yilda uni o’rtacha
hajmdagi kitob chiqarishga moslashtiradilar.1869-yili harbiy vazir D.A.Milyutin
“Turkestanskiye vedomosti” gazetasini chiqarishga ruxsat beradi.Shu tariqa,1870-yilning
28-aprelidan boshlab Toshkentda rus tilida gazeta chiqa boshlaydi.Shu yili 17 soni,1871-
yilda 48,1872-yilda 51 soni chiqqani ma’lum.Dastlab uni birinchi yili general-gubernator
fon-Kaufmanning shaxsan o’zi boshqargan.1874-yildagina polkovnik N.A.Mayev rasman
muharrir qilib tayinlanadi.Shundan to 1917-yilga qadar gazeta okrug harbiy shtabi
bosmaxonasida bosilib keldi.Darvoqe,bu bosmaxona 1918-yil yanvaridan Sovet harbiy
komissariyati ixtiyoriga o’tdi.Xullas, bu bosmaxonaning peshonasiga faqat harbiylarga
xizmat qilish bitilgan ekan.O’zbek tilidagi ilk gazeta o’sha 1870-yilning o’zidayoq
“Turkestanskie vedomosti” chop etila boshlaganidan so’ng oradan 2 oy o’tgach,ushbu
gazetaga ilova sifatida chiqarila boshlaydi.Gazetaga 1881-yilning 20-noyabriga qadar
Shohimardon Ibrohimov,so’ng Hasan Chanishev muharrirlik qildilar.1883-yildan esa,gazeta
mustaqil
bo’ladi
va
unga
muharrir
etib
Turkiston
general
–
gubernatori
M.G.Chernyayevning 27-son buyrug’I bilan Toshkent o’qituvchilar seminariyasining
direktori N.Ostroumov tayinlanadi va u 1917 yil fevral voqealariga qadar ishlaydi.
N.P.Ostroumov (1846-1930) Qozon Diniy akademiyasida mashhur missioner
N,Ilminskiy (1822-1891) qo’lida o’qigan.Sharq tillaridan,xususan turkiy tillardan
yaxshigina xabardor,lekin zabt etilgan o’lkalarni ruslashtirishnui hayotining bosh
g’oyasi hisoblagan,asosiy shovinist edi.Shu sababli,gazeta sahifalarida rus ilm-fani va
madaniyati zo’r berib targ’ib-tashviq etildi.Rusiya shaharlariga sayohatga borgan
turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi.Gazeta atrofida
mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi.Bu qalamkashlar rusiya tarixi
madaniyatiga hamdu-sano o’qidilar,ruslardan o’rnak olishga chaqirdilar,mahalliy xalqqa
ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat,axloq va madaniyat olib keluvchi,dunyo bilan oshno
qiluvchi bir millat sifatida tanishtirdilar.Bular “Ma’rifatparvarlik ” ko’pinch amahalliy
xalqning o’tmish milliy – diniy an’analarini kamsitish,tanqid qilish hisobiga amalga
oshirdi.Bunday tadbirlar Turkistonga adabiy hukmronlik qilish istagi bilan
kelganlarga,ularning
turmush
tarzi
va
tafakkuriga
mehr-muhabbat
uyg’otib,”o’ristparast” bir avlodni yetishtirishga xizmat qilar edi.Xullas,o’ristparastlik
dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti” da russiya
hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib,rag’batlantirib borildi va u
“ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi.Hatto,Furqatni ham 1890 yili Toshkentga
kelganda N.Ostroumov o’z gazetasiga jalb qiladi.General-gubernator baron Vrevskiy
shoirning salohiyati va shuhratidan targ’ibot uchun foydalanish niyati bilan uni rus
zodagonlarining bal bazmiga taklif etadi.Ostroumov shoirga o’tirish haqidagi
taassurotlarini yozdirib,gazetasida bostiradi.Unda bunday satrlar bor edi:
So’ngra el o’z joyiga azm etdilar.
Lek mendin ketmish erdi aqlu-hush,
lahza-lahza shavq o’ti aylardi jo’sh.
Qayta ko’rmoq mumkin o’lsaydi debon
Muztarib din sokin o’lsaydi debon.
Al – g’araz ul kecha,ey ahboblar.
Tonggacha uchdi ko’zimdin xoblar.
Dilda bordur,hali ham bu orzu.
Kim,yana ko’rmak qilurman justijo’.
Soat o’n birgacha bazm etdilar.
Tarixchi Mulla Olim umr bo’yi “Turkiston viloyatining gazetasi” da ishlab
keldi,o’tmishni qoralab “Turkiston tarixi ” nomli asar yozdi.Gazeta tabiiyki,rasmiy
xabarlarga,chunonchi oq podshoning farmoishlari,vazirlarning faoliyati ichki Rusiya
hayotiga katta e’tibor berdi,o’rni bilan turkiston tarixi,madaniyati hozirgi turmushiga oid
maqolalar uyishtirdi,mahalliy qalamkashlarga keng o’rin ajratdi.Lekin bularning
hammasi
uzoqni
ko’zlovchi
ruslashtirish
siyosatiga
bo’ysundirilgan
edi.Masalan,gazetaning
1911
yil,45
soni
(19
iyun)da
bosilgan
maqolasini
olaylik.Maqola Toshkentning ruslar tomonidan bosib olinish sanasiga bag’ishlangan.Bu
sana har yili tantanali nishonlanadi. Shu kuni Toshkentning ruslar yashaydigan yangi
shahar qismidan eski shahardagi bosqin paytida o’ldirilgan ruslarning qabri joylashgan
Kamolongacha bo’lgan ko’chalar obdon tozalanib suvlar sepilib,har ikki tarafiga
bayroqlar osilib bezatilgan.Minglab mahalliy xalq ko’chaga chiqarilib,katta bayram
uyushtirilgan.Turkiston harbiy noibligining genarallari as’asa-yu dabdaba bilan
qabriston poyiga gulchanbarlar qo’yganlar.Ularni xotirlashga zambaraklardan to’plar
otilgan.Gazeta bayram shodiyonalaridan hikoya qilar ekan,istiloda qatnashgan “urush
faxriylari”ning mahalliy xalq bilan “uchrashuv” lariga keng o’rin beradi.Xalqning
“ilgariroq dushman ko’zi bilan qaragan”,”endi ushbu odamlarg’a do’st va birodarlik
ko’zi bilan qaramoqlari lozim” ligini tya’kidlaydi.Chunki ular “sizlarning obodlik va
taraqqiyda
bo’lmog’ingizga
sabab
bo’lgan”deb
ko’rsatadi.Yangi
avloddan
zorlanadi.Chamasi, usuli jadid maktablarida o’qib,dunyo tanib ko’zi ochilayotgan o’z
haq-huquqini surushtirayotgan yoshlar yoqmaydi:”Ushbu vaqtda ko’rgan farzandlaringiz
ko’p keyinda qolib,nihoyatda betartib,bebosh va beododb bo’lubdir”,-deyishadi “urush
faxriylari” mahalla oqsoqollariga.
Turkiston
jadid
matbuotining
shakllanishida
umumturk
matbuoti,xususan,Kavkaz,Volga bo’yi,Istambulda oyoqqa turib kelayotgan va milliy
asosga qurilgan gazeta-jurnallar muhim ro’l o’ynaydi.
Orenburgda chiqqan mashhur “Vaqt ” gazetasi umumturkiy matbuotning tarixini ikki
davrga bo’ladi:birinchi davrning chegarasini 1911 yil deb belgilaydi.Uningcha birinchi
davr uchun xarakterli bo’lgan xususiyat,matbuotning asosan maktab,ta’lim,maorif
masalalari
bilan
shug’ullanganligidir.Gazeta-jurnallar
iqtisodiy,ayniqsa
siyosiy
masalalardan so’z ochmoqqa jur’at etmadilar.1910 yilning oxirlaridan matbuot
an’anaviy ma’rifiy masalalar doirasidan sezilarli darajada tashqari chiqa oldi.
Turkiy xalqlar hayotida gazeta aslida o’tgan asrning o’ttizinchi yillarida kirib
keldi.Masalan,Turkiyada chiqqan turkcha “Taqvimi vaqoe” (“Voqealar kalendari”)
ushbu mamlakatdagina emas,umuman turk dunyosidagi ilk rasmiy gazeta edi.1860
yildan chiqa boshladi.”Tarjumoni ahvol”,ayniqsa, “Tasviri afkor” (1862) dan keyin
gazetachilik Turkiyada ommalashib ketdi.Ozarbayjonda nisbatan keyinroq 1875 yilda
gazeta chiqa boshladi.Hasan Zardobiyning “Ekinchi “ gazetasi bu boradagi ilk qadam
edi.O’tgan asr so’ngidagi eng mashhur gazeta Ismoilbek Gaspiralining “Tarjimon” i
bo’ldi.1883 yili Bog’chasaroyda dunyoga kelgan bu gazeta birgina Rusiyada
emas,umuman dunyoviy barcha qit’alarida yashovchi turkiy xalqlarni bir-birlariga
tanitish,ularni madaniy-ma’naviy asosdagi birlikka,hamkorlikka da’vat etish,ayni
paytda,milliy ishlarni yo’lga qo’yish borasida yigirma yildan ko’proq vaqt davomida
asosiy,balki yagona nashr bo’lib keldi.
Rusiya podshoh hukumati 1905 yil 17 oktyabr manifesti bilan tobe millatlarga ham
ma’lum erkinliklar berishga majbur bo’lgan,miliy gazeta va jurnallar chiqa
boshlagandan keyin ham “Tarjimon”ning ahamiyati kamaymadi.”Turkiston ma kotibi
jadidaning lisoni istiqboliyasi yoinki pro’g’ram lisoniyasidan bir qoch (necha) satr
yozalim,- deydi Behbudiy._Umumrusiya musulmonlarinda,Turkistoni Rusiy va
Samarqandda usuli savtiya kitoblari turkcha o’laroq vujudga keldi.Jumla muallim va
ustozlar,muovinlar turkiy ”Tarjimon” tili soyasinda matlab va ma’lumotlarga noil
o’dilar.Turk tili va adabiyoti rusiya musulmonlarini sayd etajakdir.Matbuot bunga
shohiddir”.
Vaziyatni o’zgartirish uchun uni oldin oldin anglatish kerak.Buning uchun esa minbar
zarur.”Tarjimon” mana shunday zarurat tufayli yuzaga keldi:”Bir bechora faqirni
ko’rsak,achinamiz.O’layotgan bechorani ko’rsak,yuragimiz iztirobdan og’ziydi.Hatto,
bir
hayvonning
qiynalishi
rahmingizni
keltiradi.Lekin
bir
emas,minglab
kishilarning,butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalotganini ko’rmaymiz…”
Gazetaning dastlabki sonlaridan birida shuinday so’zlar bor edi.BU jadsoratli sado o’sha
paytlari juda ham zarur edi.
Ruslashjtirish avjida.Itil-Volga bo’yidagi tatarlar orasidan biror mansabdor u yoqda
tursin,machitga imom ham missioner N.Ilminskiy ruxsatsiz saylanmaydi.Maktab –
madrasa kitoblai-ku birma-bir qo’ldan o’tadi.Turkistonda Ostroumov-to’ra.
Gasprinskiy 1905 yilda o’z gazetasida “Zo’rlik bilan ruslashtirish nazariyasi”(23-son)
degan maqola bostirgan edi.Bu maqolada uning fikri qat’iy.Rus xalqi bilan rus
hukumatini bir-biridan farqlash kerak.Rus xalqi bizni hech qachon “g’ayri jins”
sanamaydi.Buni rus “Papozlari”,chor ma’murlari to’qib chiqargan.Millatning o’zligini
ko’rsatadigan xususiyatlaridan biri til va maorifdir.Bu ikkisi bo’lmasa millat mustaqil
bo’la olmaydi.Gasprinskiy 1905 yilda yozgan maqolalaridan birida millatning asosi
ikkita:Tavhidi til (Til birligi) va tavhidi din (Din birligi) degan edi.
“Til birligi” masalasi bizing hayotimizda hayot-mamot masalasidir va biz bu masalada
bir qadam orqaga chekinmaymiz,-yozadi I.Gasprinskiy 1906 yil 18 – dekabrda.
“Tarjimon” umumiy bir milliy gazetadir.Uning tili ham umumiy bir milliy
tildir.Yashasan millat!Ham yashar, chunki u tilda va fikrda birlikning zarurligini
anglatadi.Til birligi esa adabiyot birligidir.Bu esa o’z navbatida mehnat va harakat
birligining asosi o’laroq millatning ozodligini ta’min etajakdir”.
“Tarjimon”ning 1908 yil 13-sonida bosilgan “Til va mas’uliyat” maqolasida ” yana shu
masalaga qaytib o’z fikrlarini atroflicha asoslaydi.CHindan ham Rusiyaning turli
joylarida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning tillari,to’g’rirog’I shevalari bir-biridan
farq qiladi.Xo’sh bu farq ruslarda yo’qmi?Mehmet Saroy aytganidek,”Turklarning asli
bir.Lekin zamon va makon ixtiloflari orasida tafovutlar,shevalar paydo qildi”.Ularni bir-
biriga tanitmoq,yagona va umumiy tarixni anglatmoq faqat milliy emas,insoniy burch
hamdir.Bu gapni Ismoilbek 1907 yilgi musulmonlarning jahon kongresida iztirob bilan
eytgan edi.Agar shuni amalga oshirmasak,millatning yuziga qarashga haqqimiz
yo’q,degan edi.Ikkinchidan har bir millat o’zligini qadrlasy bilishi kerak,o’zligi bilan
g’ururlana olishi ,iftixor eta bilishi lozim.Shundagina u tenglar aro teng bo’la oladi.
Shundagina u “Havo ” va “g’izo” oladi.Mamlakatimizda kechayotgan bugunngi
jarayonlar bunga dalil.
1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi.1907 yilda o’z hovlisida
“Shuhrat” gazetasini chiqra boshlaydi.
Gazetaning yo’li ayon bo’lishi bilan do’stidan –dushmani ko’paydi.Natijada 10-soni
chiqib bekildi.So’nggi 14 fevral o’ninchi sonida “Dano’si namima” (Chaqma-chaqarlik)
sarlavhasi bilan idoraning bir xabari bosilgan.Unda shunday gaplar bor:
“Eshitilmish xabarlarg’a qarag’onda o’z musulmonlarimizdan ba’zan “da’noschi ”
nammomlar paydo bo’lib,gazetamizdan “начальство” g’a “donus” qilmoq fikrida yelka
qilg’on emishlar…
Gazetamisning maslagi milliy,betaraf, siyosiy o’lub ,”умэренно- прогрессивная
политическая” gazetadur.Yozg’on maqolalarimiz ham ushbu maslagimiz bo’lg’on
e’tidol va haqqoniyat doirasida o’lub,nozir va sensuralar tarafidan haqlik uzra tarjima
qilinub,tegishli mahkamalarda ko’rinub,turulibdur.Shul sababli “начальство” ning sizni
“dano’s” larga hech bir ehtiyoji yo’qdur.
Gazetaning yopilishiga qaraganda,bu “dano’s”larga ehtiyoj bo’lgan ko’rinadi, va
ehtimolki, ular gazetaning taqdirini hal qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |