“Al -isloh” jurnali (1995 yil 14 yanvar 1918 yil mart)
“Al-isloh” – jurnali jadidchilik harakatining ilg’or fikrli ulamolarga yaqin o’ng qanoti
vakillari tomonidan chop etildi.”Al-isloh” da diniy islohatchilik masalalari:Abdurahim
Sayyoh,Vasliy,Olimjon To’ra,Sadriddin A’lam,Hamza Hakimzoda,Fazlulvahobqori va
boshqalardir.
Ushbu
jurnal
jadidlar
dunyoqarashiga
yaqin
materiallar
berib
bordi.Unda
Sayyoh,Sadriddinxon,Hamza,Muftiyzodalar faol ishtirok etishdi.1918 yilda 5-soni
chiqib,so’ngra to’xtadi.
1917 yil fevral oyida burjua-demokratik revolyutsiyasi yuz bergan kunlarda Hamzaning
nomi bilan bog’liq “Kengash” va “Hurriyat” nomli jurnallar paydo bo’ldi.Qo’qonlik
mualliflar ushbu jurnalda xat-xabarlar bilan ishtirok etishgan.Qo’qonda nashr qilingan
ushbu jurnalning 6 soni mavjud.
Biroq
ma’rifatparvarlarning
bu
nashrlardagi
ishtiroki
ham
qisqa
bo’ldi.Chunonchi,Hamza:”Burjua hukumatining “Hurriyat” kalomi,so’z matbuot va ijod
erkinligi haqidagi safsatalari quruq gap ekanligini tushundi va u hukumatni “yangidan
bo’lgan istibdod” deb atadi”.
1917 yil oktabr to’ntarishidan so’ng yurtimiz madaniy hayotida savodsizlikni
tugatish,xotin-qizlar ozodligi,yangi alifboga o’tish,yangi kishilarni tarbiyalash
masalalari
maxsus
nashr
etilgan
jurnallar
faoliyati
bilan
uzviy
ravishda
bog’liqdir.Ba’zan bu masalalarning barchasini amalgam oshirishda o’lkamizda chiqqan
jurnallar Rossiyadagi markaziy rus jurnallariga taqlid qilib,katta ma’naviy xatolikka yo’l
qo’yganliklarining guvohi bo’lasiz.Ayniqsa bu o’rinda “Xudosizlar” jurnali markaziy
“Ateist” va “Antireligioznik” kabi faoliyat ko’rsatganligi ish ko’rganligi achinarli holdir.
Ma’rifatparvarlarning matbuot organlari “Al-isloh” va “Al-izoh” 1918 yilning bahorida
barham topdi.1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng yagona partiya g’oyasiga itoat
etuvchi va shu g’oyani Turkistonda targ’ib va tashviq etuvchi matbuot nashrlari paydo
bo’ldi.”Inqilob”,”Yangi yo’l”,”Yer yuzi”,”Alanga”,”Maorif va o’qitg’uvchi”,”Bilim
o’chog’i” kabi adabiy-badiiy jurnallar shu tarzda yuzaga keldi.Bu jurnallar ma’lum
ma’noda o’z milliy adabiyotimiz rivojiga,madaniyatimizga xizmat qilishdan ko’ra 74 yil
kommunistik mafkura g’oyalariga sadoqat bilan xizmat qildi.
Jurnallarda
ko’zga
ko’ringan
davlat
arboblari
Akmal
Ikromov,Yo’ldosh
Ohunboboyev,Fayzulla Xo’jayevlarning maqolalari bosilib turdi.Tahrir hay’ati a’zolari
va faol muhbirlari esa Shokir Sulaymonov,Abdulla Avloniy,Javod Hoshimiy,Manzura
Sobirova,Hamida Tojiyeva,Maryam Sariqulova,Tojixon Shodiyeva,Fotima Niyozova va
boshqalardan iborat edi.
Xullas oktyabr to’ntarishigacha Turkiston mahalliy aholisi orasida tabiiy bir necha
oqimlar mavjud bo’ldi.Biri – taraqqiyparvar yoshlar,ikkinchisi-eski dunyo tarafdorlari
edi.Bu ikki oqimning birinchisi siyosiy bir maslakka ega bo’lmasada,kelgusida
islohotlar ro’y berishiga ko’zi yetardi.Shu boisdan ham ular ilm ko’zini ochib turli ilmiy
madaniy,ma’naviy-ma’rifiy yo’llar bilan kelajak uchun zamin hozirlashar edi.Bu borada
ayniqsa vaqtli matbuotning,xususan ilg’or fikrli gazetalar ijtimoiy-siyosiy,adabiy,badiiy
jurnallarning o’rni va roli beqiyos bo’lganligini alohida ta’kidlash mumkin.
Demak chorizm bosqini davrida “Русский Туркестан”kabi gazeta va jurnallar
sahifalarida (o’lkada chiqqan gazetaning nomigina emas,balki,Turkiston yeri kimga
qarashli ekanligini ham bildiradi).Turkistonliklarning ongiga itoatgo’ylik bilan oq
podshoga bo’ysundirish g’oyalari singdirilgan.
Ziyo Said fevral inqilobidan so’ng chiqqan jurnallarga davr nuqtai nazaridan shunday
baho beradi:
“Kengash”.Ikki haftada bir marta chiqadigan jurnal.1917 yil mart oxirlarida Qo’qonda
chiqa boshladi.O’zidagi aniq tarixi:”1335 yil 15 jumodiulavval” deyilgan.Bolalarning
daftari o’lchivida 8 bet,toshbosmada chiqar edi.
Muharriri:Hamza Hakimzoda Niyoziy.Noshiri:Qo’qon muallimlaridan bir nechtasi.Ikki-
uch sondan keyin muharriri ham noshiri Rahimjon hoji Tursun Muhammad o’g’li bo’ldi.
Bu jurnal:til va yo’l-yo’riq to’g’risida hech narsa bera olmadi,besh-olti son chiqib
yotdi.400 dona bosilar edi.
“Xurriyat”.Yuqorida aytilgan kengashning ikkinchi nusxasi.1917 yil avgust oylaridan
chiqa boshladi.Muharriri va noshiri Mahmudxo’ja Rizoiy.4-soncha chiqib yotib qoldi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,yuqorida aytib o’tganimizdek Turkiston ma’ripatchi
jadidchi
adiblarimiz
o’z
faoliyati
davomida
matbuot
ishlari
bilan
ham
shug’ullanib,ozmi-ko’pmi xalqqa ilm-ma’rifat yetkazishda o’zlarining hissasini
qo’shganliklarini alohida e’tirof etib o’tdik.
Bu davr ilg’or publisistlarining asosiy xususiyati milliy ongni uyg’otishga
chorlashda,buning uchun hayotdagi barcha masalalarni ishga solishga da’vat etishda,el-
yurtni,sarmoyadorlarni,hatto diniy arboblarni bir jon,bir tan bo’lib millat ravnaqi yo’lida
birlashishga xizmat qilishga chaqirishga,va maqsadga e’tiborsiz qaraganlarni keskin
talqin qilishda ko’rindi.Bu niyatni Fitrat 1917 yilning iyunida yozgan “Ittifoq etaylik”
maqolasida quyidagicha muxtasar ifodalaydi:”…Qo’lni-qo’lga beraylik,haq yo’linda,din
yo’linda,vatan yo’linda,millat yo’linda jadidimiz,qadimimiz,mullamiz,boyimiz va
avomimiz bir yerga to’planaylik,bir-birimizga ko’makchi va madadkor bo’laylik”.
Bu fikrlar mustaqilligimizni mustahkamlash uchun hozirgi kunda ham bizga hamohang
bo’la oladi.
Qaysi gazeta yoki jurnalda qanday mazmun va maqsad,qanday g’oya va ibrat haqida
maqola yozilmasin,vatan,millat haqida bo’ladimi,ma’rifatparvarlik va taraqqiyotga oid
bo’ladimi,milliy ozodlik harakati yoxud inqilobiy kurashga bag’ishlanadimi,birinchi
jahon urushi yoki mardikorlik voqealariga doir bo’ladimi-bu asarlar zamirini,mohiyat
e’tibori bilan xalqni uyg’otish yangicha fikrlashga chorlash,jur’at va fidokorlikka targ’ib
etish
tashkil
qildi.Yuqorida
ko’rib
o’tganimizdek
bu
jarayonda
Behbudiy,Fitrat,Avloniy,Cho’lpon,Mirmuhsin
Shermuhammedov
kabi
xalqning
ma’rifatli adiblari o’zlarining sa’y harakatlari bilan ommani ma’rifatli qilishga
urinishdi.Bu davrda o’zbek publisistikasining shakllanish davri bvoshlandi va bu
publisistika ilk qadamlari bilanoq millatparvarlik manfaatlari yo’lida jonbozlik ko’rsatdi
va bu kelajak avlodga katta adabiy me’ros sifatida bugungi kun matbuotchiligiga ham
zamin bo’ldi.
Yakuniy xulosa shuki,Turkiston vaqtli matbuot tarixi vatanimizning yaqin o’tmishidagi
ma’rifat va jaholat,ozodlik va yovuzlik,jaholat va qabohat kurashlari tarixi ko’zgusidir.U
O’zbekiston yangi tarixining uzviy sahifasi bo’lib qoldi.
Foydalanilga adabiyotlar ro’yxati:
1. Begali Qosimov,Sharif Yusupov,Ulug’bek Dolimov,Shuhrat
Rizayev,Sunnat Ahmedov “Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti”
Toshkent.Ma’naviyat 2009 y.
2. Begali Qosimov “O’zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi” Toshkent
2008 y.
3.”Turkiston matbuoti tarixi” (1870-1917 yillar). Tuzuvchi:Nazira
Abdumajidovna Abduazizova.”Akademiya”nashriyoti.Toshkent 2010 y.
4.Begali Qosimov “Milliy uyg’onish” Toshkent.Ma’naviyat. 2002 y.
Dostları ilə paylaş: |