3. Auditlarning sinflanishi
Auditlar turlari, bosqichlari va o ‘tkazish metodlari b o ‘yicha
quyidagicha sinflanadi (6.8-rasm):
Birinchi tomon auditi (ichki audit)
Bu tashkilot mutaxassislari tomonidan o ‘tkaziladigan audit,
y a’ni tashkilotdan o ‘z shaxsiy tizimlari, protseduralari va ishlarini,
ularning belgilangan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish
maqsadida tadqiqot qilishni talab qiluvchi ichki tekshirishdir. Ichki
audit rahbariyatga:
■ buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlari bajarilayotganligi
yoki bajarilmayotganligi haqida;
■ tizim belgilangan darajada natijali va samarali yoki y o ‘qligi
haqida;
■ qayerda tizimda buzilishlar borligi haqida m a’ lumot beradi.
Ichki audit butun tashkilot b o ‘yicha ijobiy «aloqa kanallari»ni
ta ’minlashga imkon beradi va faoliyatni yaxshilash imkoniyatlarini
aniqlaydi.
Tashkilot o ‘z ichki auditlariga rahbarlik qiladi va sifatni
boshqarish tizimining o ‘zi qo‘llayotgan standart talablariga qay
darajada muvofiqligini namoyish qiladi. Biroq, ichki auditlar
natijalariga boshqa tashkilotlar tomonidan ishonchsizlik bilan
qaralishini
kutish
mumkin,
ammo
ichki
auditlarni
sertifikatlashtirishga tayyorgarlik jarayonida, tashkilot ikkinchi va
uchinchi tomondan tekshirishga tashkilotning harakatini aniqlash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: