Tashkilot iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlash uchun jarayonlarni
boshqariladigan
sharoitlarda borishini ta’minlashi kerak.
Ishlab
chiqarish
jarayonini
boshqariladigan
sharoitlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) zarur bo‘lgan holarda, konstruktorlik va texnologik hujjatlar,
ishchi yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va qo‘llash hamda ularni
boshqarish.
b) tegishli texnologik qurilmalarni tanlash va qo‘llash,
ularga
texnikaviy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan ta’mirlash va texnologik
aniqlikka tekshirish.
v) tegishli o‘lchov va nazorat qurilmalarini tanlash va qo‘llash,
ularni
attestatsiyadan
o‘tkazish
va
qiyoslash,
saqlash,
konservatsiyalash, identifikatlashtirish va hisobga olish;
g) jarayonlar monitoring va o‘lchashlarini, mahsulot sifati
nazoratini,
xarid
qilinayotgan
mahsulot
nazorati
statusini
tasdiqlashni o‘tkazish;
d) iste’molchilar talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqarishni
ta’minlovchi
barcha
jarayonlarini,
shuningdek
mahsulotni qadoqlash,
yetkazib berish, yetkazib berilganidan so‘ng
unga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi jarayonlarni joriy qilish va
ularga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: