1
I ma’ruza. Neft va gaz kon jihozlarining turlari va ularning tasnifi
Reja:
1.1. Kon jihozlari haqida umumiy ma’lumotlar
1.2. Mashina va jihozlarning kompleks sxemalari
1.3. Neft va gaz qazib olish jihozlari
Tayanch iboralar: mashinalar, jihozlar, inshootlar, apparatlar, uskunalar,
klapanlar, quduq ichi jihozlari, tizma boshchasi
1.1. Kon jihozlari haqida umumiy ma’lumotlar
Majmualarga kiruvchi jihozlarning nomenklaturasi yuzlab nomlarni tashkil
qiladi, neft gaz sanoatini yuqori ko’rsatkichda o’sib borayotganligi
ularning tezkor
yangilanishga, mukammal yangi turlarini va kostruktsiyalarini yaratishga to’g’ri
kelmoqda. Texnik vositalarni ko’p shaklli ekanligi, ularning bir tizimga keltirish
hamda o’rganish kerakligini talab qildi. Mashinalar, jihozlar, mexanizmlar, inshootlar,
mexanizatsiyalash vositalari va hamma asboblar sakkizta
guruhga va bir nechta
guruhchalarga ajratib o’rganiladi.
I guruh. Quduqlardan suyuqlik va gazni qazib chiqarish uchun kerakli
jihozlarning tasnifi
normal ishlarni amalga oshirishga moslashtirilgan bo’ladi,
mahsuldor qatlamni yer usti qismi bilan tutashtiruvchi kanal hisoblanadi. Bu guruhdagi
jihozlarning ishonchliligi va samaradorligi quduqning ishini ishonchligini to’liq
aniqlaydi hamda bu guruhga qoyidagi jihozlar qo’shiladi:
II guruh. Quduqlardan foydalanish jihozlari
qatlamdan
qazib olinadigan
suyuqliklarni yoki gazni ko’tarishga mo’ljallangan. Birinchi qismdagi jihozlar quduq
ichiga tushiriladi va ko’taruvchi hisoblanadi, qolgan qismi esa quduq usti zonasida
montaj qilinadi. Boshqa sharoitlarda quduqlarga suyuqlik
yoki gazni haydashda
qo’llaniladi, haydovchi jihozlar deb ataladi.
III guruh. Yer osti ta’mirida, o’zlashtirishda va ishlov berishda qo’llaniladigan
jihozlar
quduqni ishlatishning butun davri davomida qo’llaniladi, ishlatish jihozlari
orqali quduqqa tushiriladi.
Birinchi holatda yer osti ta’miri kapital ta’mirlash, ikkinchidan esa – quduqni
joriy ta’mirlash deyiladi. Bundan tashqari shu guruhdagi jihozlar orqali quduq kapital
ta’mirdan keyin ba’zida esa burg’ilangandan so’ng o’zlashtiriladi. Bu guruhdagi
jihozlardan quduqlarni favvora, gazlift yoki nasos ko’targichlar yordamida jihozlashda
ham foydaniladi.
IV guruh. Neft va gaz qazib olishni jadallashtirishda va qatlamlarni neft
beruvchanligini kuchaytirishda qo’llaniladigan jihozlar va inshootlar
. Bu jihozlarning
keng qo’llanilishi natijasida konlarni ishlatish muddati qisqartiriladi hamda qoldiq neft
va gazni olish miqdori oshiriladi. Bu guruhga qoyidagilar kiradi.
V guruh
.
Quduq mahsulotlarini yig’ish jihozlari va inshootlari
, neft, gaz, suvni
va aralashmalarni ajratish, neft, gaz, gazkodensatlarni o’lchash va dastlabki
tayyorlashda qo’llaniladi. Bu
guruhdagi jihozlar yer ustida, asosan konning
territoriyasida joylashtiriladi va unga qoyidagilar kiradi.
2
VI guruh. Dengizda neft, gaz va gaz konlarini ishlatishda qo’llaniladigan
jihozlar
, juda murakkabligi, ko’p namenklaturasi, katta o’lchamlari va yuqori darajada
takomillashtirilganligi bilan farq qiladi. Ular alohida
sodda vositalardan murakkab
bo’lgan katta guruhdagi jamlanmalarga aylantiriladi va mustaqil tarmoqni
shakllantiradi.
1.
2.