5
Konda yoki qatlamda ishlanadigan quduqlarning soni ko’p bo’lib, yuzlab yoki
minglab quduqlarni ta’mirlashga va oraliq ta’mirlashga ko’p vaqt sarflanadi.
Shuning uchun quduqlardagi murakkab turdagi jihozlarni joriy va kapital ta’mirlash
uchun katta miqdordagi murakkab jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash xizmati
kerak bo’ladi. Kapital ta’mirda ko’pincha yangi quduqlar burg’ilib bo’lingandan
so’ng, quduqlarni o’zlashtirishda maxsus takomillashgan jihozlardan foydalaniladi.
1.3. Neft va gaz qazib olish jihozlari
I
guruh.
Quduqning stvolini shakllantiruvchi mustahkamlash tizmasining
quvurlari va uning ishonchliligini ta’minlagichlar.
1.
Tizma boshchasi, u quduq ustini mustahkamlash tizmasi bilan bir
tugunga birlashtiradi, bir vaqtda quduqqa ishlatish uchun tushiriladigan
vositalarning qismi bo’lib xizmat qiladi.
2.
Filtrlar bilan quduqning mahsuldor qatlamidagi suyuqliklar yoki gaz
filtrlanadi.
3.
Qirquvchi-klapanlar qatlam filtrining ustiga o’rnatiladi, quduqda ochiq,
falokatli favvora bo’lishining oldini oladi. U favvoralovchi quduqlarda
jihozlanadi.
4.
Pakerlar quduqlarni uchastkalarga ajratishda va ularni germetiklashda
o’rnatiladi.
5.
Quduq oldi inshootlariga quduq usti zonasida xizmat ko’rsatuvchi va
ta’mirlashga xizmat qiladigan maydonlar kiradi.
Mustahkamlash quvurlari konstruktsiyasi va nominal o’lchamlari bilan bir-
biridan farq qiladi. Tizma boshchalari har xil konstruktsiyada hamda har xil
o’lchamlarda va parametrlarda, har xil chuqurlikdagi quduqlar uchun, har xil
muhitga va bosimlarga mo’ljallab tayyorlanadi va tashib kelinadi. Quduqlarda
filtrlardan tashqari mustahkamlash quvurlarni perforatsiya qilib tayyorlangan turli,
graviyli, metall, keramik filtrlari ko’p sonli variantlarda va har xil konstruktsiyalarda
qo’llaniladi. Yaqin yillarda yaratilgan Qirquvchi – klapanlar, pakerlar va
yakorlarning yangi har xil turlari qo’llaniladi, ular o’rnatish tartibi, o’lchamlari,
materiallari va tasniflari boyicha pakerlarga o’xshashdir. Quduq oldi inshootlari
gorizontal betonlangan yoki gruntli maydonli bo’ladi va botqoqliklarda joylashgan
territoriyalarda yoki dengiz akvatoriyalarida, quduq oldi inshootlarini joylashtirish
murakkablashadi. Bunda yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan, yirik o’lchamli metall
konstruktsiyalaridan maydon uchun asos sifatida foydalaniladi.
II
guruh.
Bu jihozlar faqat favvorali neft, gaz yoki gazkondensat quduqlarini
ishlatishga mo’ljallangan. Jihozlar ko’targichdan, favvora armaturasi va manifold
tashkil topgan bo’ladi, quduq ichidan yer ustiga mahsulotni ko’tarib beradi,
favvoralanishni boshqaradi va nazoratini ta’minlaydi hamda quduqning optimal ish
rejasini saqlab turadi.
1.
Dostları ilə paylaş: