4
ko’p nomli mashinalar, jihozlar, inshootlar, mexanizatsiyalashtirish vositalari va
asboblar, kon xo’jaligi hamda transport xizmati jihozlari kiradi.
VIII guruh
.
Energetika xizmati jihozlari
.
VII guruh va VIII
guruhdagi jihozlar o’zining tarkibiga muvofiq umumiy
sanoat uchun mo’ljallangan mashinalar deyiladi, qolgan oltita guruhdagi jihozlar
asosiy jihozlar hisoblanadi.
1.2. Mashina va jihozlarning kompleks sxemalari
Neft, gaz, gaz yoki kondensatli konlar mashinalar, jihozlar, inshootlar,
apparatlar, uskunalar va mexanizmlar yordamida ishlanadi va foydalaniladi. Ular
ishlab turganda ishi bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Neft, neftgaz yoki
gazkondensat qatlamlardan yoki bir nechta qatlamli konlarni ishlash va foydalanish
ob’ektlaridan bir-biri bilan birgalikda harakatlanadi.
Shuning uchun bunday ob’ektlarni neftli yoki gazli kondensatlar deb atash
qabul qilingan bo’lib, birlik tizim sifatida qaraladi. Muhim masalalardan biri bir yoki
guruhli konlarning samarali ishlarini kompleks ishlatish uchun muhandislik
vositalarini va ob’ektlarni ishlash hamda ulardan foydalanishni bir-biriga
moslashtirish uchun texnik va ma’muriy boshqaruv bilan ta’minlanadi, konning
hamma xodimlari avtomatlashtirish vositalariga va boshqaruvga, ko’pincha AVB
(avtomatik vositalarni boshqarish)ga jalb qilinadi. Bu tizim mashina va jihozlardan
tashqari zamonaviy o’lchov asboblari, rostlash, avtomatlashtirish va hisoblash
texnikalari bilan ham ta’minlangan (1.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: