8
foydalaniladi. Mexanik yoki avtomatik shtangali kalitlar kam qo’llanilganligi uchun
ularni alohida kichik guruh qilish mumkin. Mexanik
va avtomatik spayderlar,
kalitlar, manipulyatorlar tushirish-ko’tarish operatsiyalari uchun kompleks
agregatlar tuzilishi mumkin yoki ulardan alohida foydalaniladi. Avtonom uzatmalar,
IYod (ichki yonuv dvigatel) yoki gidravlik hamda pnevmatik elektrodvigatellarning
alohida bajarilmasidan quduqlarni yer osti ta’mirlashda keng qo’llaniladi. Shuning
uchun ularni mustaqil kichik guruhga ajratish muvofiq bo’ladi.
5.
Bosim bilan quduqlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan jihozlar.
Yuqori qatlam bosimga ega bo’lgan quduqlarni ta’mirlash ishlari odatda
ochiq favvoralarni kelib chiqishi bilan bog’liqdir. Bunday holatlarni oldini
olish hamda quduqlarga quvurlar tizmasini yoki shtangalarni bosim ostida
tushirishda bu jihozlarning jamlanmasi qo’llaniladi. Bu jamlanmaning
tarkibiga quduqqa tushiriladigan quvurlar, shtangalar
va qurilmalar quduq
ustini germetiklash uchun bosim bilan bostiradigan ko’taruvchi maxsus
qurilmalar ham qo’shiladi. Ko’taruvchi qurilmani tushirish-ko’tarish
operatsiyasini mexanizatsiyalashtirish uchun u gidravlik vosita bilan
jihozlanadi.
6.
Ochiq favvoralarni bartaraf qiluvchi jihozlar
. Quduq jihozlarini
ishlamay qolishi, uning noto’g’ri tanlanishi, ba’zida texnologik jarayonlar
yetishmagan malakada bajarilganda ochiq favvoralar paydo bo’ladi. Ochiq
favvoralarni bartaraf qilishda ba’zida yong’inli favvoralarni to’xtatishda
bosim oshishini ta’minlashda qo’llaniladigan jihozlar bilan birgalikda
maxsus manipulyatorlar va yong’inga qarshi oraliq masofadan kurashuvchi
texnikalardan foydalaniladi.
7.
Quduqlarni yuvishda qo’llaniladigan jihozlar
. Quduqlar
ishlatish davrida uning stvoliga qum va loy zarrachalari yopishadi va tiqin
ko’rinishida tiqilib qoladi. Quduqning stvoli va filtri smola, parafin,
korroziya mahsulotlari va boshqa moddalar bilan ifloslanadi, kapillyar
kanallari yomonlashadi. Ba’zida quduqqa kirib
keladigan suyuqlik yoki
gazning oqimini to’liq bekitib qoyadi. Qumli tiqinlar kuchli agregatlar yoki
parmalash yo’li orqali yuviladi. Bu guruhdagi jihozlarga yuvuvchi agregatlar
mansub bo’ladi, quduqlarni ifloslantiruvchi smolalarni, parafinlarni va
korroziya mahsulotlarini yuvib chiqarishga imkoniyat yaratadi.
8.
Parafinsizlantiruvchi jihozlarni
ko’taruvchi jihozlarda o’tirib
qolgan parafinlarni ishlatish davrida yoki quduqlarning yer osti jihozlarida
ta’mirlash davrida tozalab chiqaradi. Birinchi holatda mexanik usul
qo’llaniladi, ikkinchi usulda issiqlik usullari qo’llaniladi.
9.
Quduqlarni kapital ta’mirlash jihozlariga
– eng murakkab
jihozlar kiradi, unga bir butun murakkab qurilmalar mansubdir, sxemasi va
funktsional mo’ljallanishi boyicha burg’ilash qurilmalariga o’xshashdir. Bu
qurilmalar yordamida burg’ilash, sementlash, quduqning egriligini
to’g’rilash, o’zlashtirish uchun burg’ilash minorasi, asosi, tal tizimi, chig’ir,
yuvish tizimi, rotor, vertlyug, yetakchi quvur uzatma va transmissiya,
transpotr bazasi qo’shiladi. Burg’ilab tugallangan, ta’mirlangan quduqlarni
o’zlashtirishda ba’zida o’zlashtirishda mobil agregatlar qo’llaniladi.
9
10.
Quduqlarni kapital ta’mirlash
asboblari
quduqdagi avariyalarni
bartaraf qilishda, stvolni to’g’rilashda, quduq ichiga tushib ketgan ba’zi bir
detallarni
chiqarishda, frezerlashda, kapital ta’mirlashda, ba’zida joriy
ta’mirlashda qo’llaniladi.
11.
Quduq ichi ishlarida qo’llaniladigan jihozlar
. Quduqning ichki
jihozlari va ko’taruvchi jihozlar, quduqqa tushirilgan qirquvchi-klapanlar,
pakerlar, gazlift klapanlari davriy ravishda almashtirilib turiladi. Davriy vaqt
oralig’ida quduq ichi parametrlari (harorat, bosim va hakozo) o’lchanib
turiladi. Bunda hamma quduq ichidagi ishlar maxsus agregatlar, moslamalar
va asboblardan tashkil topgan bo’ladi, mustaqil jamlanmalar yordamida
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: