6.4
Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
validatlash (tasdiqlash)
Tashkilot keyingi o‘lchashlar va monitoring bilan tekshirib
bo‘lmaydigan mahsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonlarini tasdiqlashi kerak. Bularga mahsulotni ishlatilishi
boshlangandan yoki xizmat ko‘rsatilgandan so‘ng nuqsonni
aniqlanish mumkin bo‘ladigan har qanday jarayonlar tegishli
bo‘ladi.
Jarayonlarni tasdiqlash ularning rejalashtirilgan natijalarini
olish imkoniyatini tasdiqlashi kerak. Tashkilot bunday jarayonlarga
nisbatan, shu hisobda, qo‘llanishi mumkin bo‘lgan holda:
a) jarayonlarni tahlil qilish va tasdiqlash uchun ma’lum mezonlar;
b) tegishli asbob-uskunalami vaxodimlaming malakasini tasdiqlash;
v) aniq usuliyatlar va protseduralarni ishlatish;
g) yozuvlarni olib borishga qo‘yiladigan talablar;
120
d) qayta tasdiqlash bilan birga chora-tadbirlarni aniqlashi kerak.
Tashkilot maxsus texnologik jarayonlar ro‘yxatini belgilashi,
rejalashtirilgan natijalarga erishish nuqtai nazaridan ulami baholash
usullarini o‘rnatishi kerak.
Maxsus jarayonlarni shahodatlash (tasdiqlash) mezonlari va
uslublarini aniqlashda, maxsus jarayonning mahsulot ishlab
chiqarish texnologiyasiga ta’siri va ahamiyati (masalan, payvand
birikmasi sinfi), shuningdek jarayonni bajarilishiga taalluqli qonun
va me’yoriy hujjatlar talablari (masalan, quvurlarni va to‘siqlarni
payvandlash jarayonini shahodatlash mezonlari va uslublari turlicha
bo‘ladi) hisobga olinadi.
Maxsus jarayonlarni shahodatlash mezonlariga, shuningdek
qo‘llanilayotgan materiallar, tasdiqlangan texnologiyalar, agar zarur
bo‘lsa, sertifikatlashtirilgan qurilmalarni qo‘llash ham kiritiladi.
6.5. Identifikatlashtirish va kuzatuvchanlik
Zarur bo‘lgan hollarda, tashkilot mahsulotni to‘g ‘ri keladigan
usullar bilan uni ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida
identifikatlashtirishi kerak. Tashkilot o‘lchash va monitoring
talablariga tegishli mahsulotning maqomini identifikatlashtirishi
lozim. Agarda kuzatuvchanlik belgilangan talab bo‘lsa, tashkilot
mahsulotning yakka identifikatlashtirish yozuvlarini boshqarishi va
olib borishi kerak.
Izoh: sanoatning ba’zi bir sohalarida identifikatlashtirish va
kuzatuvchanlik
konfiguratsiyaning
boshqarish
yo‘li
bilan
quwatlanib turiladi.
Identifikatlashtirish - bu obyektning biron bir tur yoki guruhga
taalluqligini aniqlash usuli. Identifikatlashtirish bu obyektni boshqa
o‘xshash obyektlardan farqlashga imkon beradi. Identifikatlashtirish
yordamida obyekt (materiallar, butlovchi qismlar, tayyor mahsulot
birlikliklari yoki to‘plari) holati va joylashgan o‘rni aniqlanadi.
Kuzatuvchanlik - mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va
yuklash jarayonida tayyorlash va ko‘chirish bosqichlarini va ketma
- ketligini kuzatish usuli.
Tashkilot, agar bu maqsadga muvofiq bo‘lsa, mahsulotni
identifikatlashtirish va kuzatish tartibini ta’minlashi kerak, bu
tartibda quyidagilar belgilanishi kerak:
- identifikatlashtirish turlari va usullari;
- xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar, shuningdek
tayyor mahsulotni identifikatlashtirish;
- mahsulotni tayyorlash vaqtida kuzatuvchanligini ta’minlash;
- mahsulotni nazorat qilish jarayonida maqomini belgilash.
121
|