qo‘llanishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u
o‘z resursi hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki,
uning vazifasiga ko‘ra ishlatilishida o‘zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab
turlarga bo‘lish mumkin.
Mahsulotning
oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa
ko‘rsatkichlar kiradi.
Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum
ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida bir
qator oddiy xossalarni o‘z ichiga oladi (buzilmasligi, chidamliligi,
ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning
vazifasiga binoan muayyan
ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar
majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning
sifatiga bog‘liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil
topgan bo‘lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim
buyumlarining
hamda bir xillik, o‘zaro almashuvchanlik va boshqa
shunday xossalarining majmuasidan tashkil topadi. Masalan, paxta
terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning,
shpindellarning,
bolt va gaykalarning, g‘ildirak va undagi rezina
kabilarning sifatiga bog‘liq.
Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va
holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga
materialning rangi, buyumning shakli, detaining sathida himoya va
bezak uchun ma’lum qoplamalaming bo‘lishi,
prokatning yon
tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o‘xshashlar), mahsulot
detallarining
biriktirish
usullari
(payvandlash,
yopishtirish,
parchinlash va shunga o‘xshashlar), sozlash usullari (qo‘lda, yarim
avtomatik, avtomatik va shunga o‘xshashlar) kiradi.
Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan statistik nazoratda qo‘llanuvchi muqobil
belgisi bo‘lib, faqatgina ikkita bir-birini inkor qiluvchi imkoniyatlari
bo‘lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki
yo‘qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo‘qligi
va shunga
o‘xshashlar.
4
Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot
sifati o‘zining ko‘rsatkich alomati bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: