S
har bir jarayonning iste’molchisi kim (ichki yoki tashqi
iste’molchilar)?
S
bu iste’molchilarning talablari qanday?
S
har bir jarayonning kirish va chiqish m a’lumotlari b o ‘lib
nimalar hisoblanadi?
S
jarayonning egasi kim?
qanday jarayonlarning bajarilishini
ta ’minlash
uchun
qo‘shimcha resurslarni jalb qilish kerak?
Tashkilotda amalga oshiriladigan va sifat menejmenti tizimiga
85
kiritilgan har bir jarayon umumlashtirilgan ko‘rinishda taqdim
qilinishi kerak.
Tashkilotda ro ‘y beradigan har bir jarayon uchun, jarayonning
zarur natijasi (kirishi) ni ta’minlash uchun jarayonni boshqarish
mezon va usullari belgilanishi kerak.
Har bir jarayonni amalga oshirish uchun zarur resurslarga
(xodimlar, qurilma, materiallar va jarayonni bajarish usullari va
x.k.) ehtiyoj larni aniqlash kerak.
Tashkilotdagi jarayonlarning har biri nazorat ostida (jarayon
monitoringi)
amalga
oshirilishi
kerak,
jarayonning
chiqish
m a’lumotlarini esa o ‘lchash va ularning bu jarayon uchun
rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini baholash kerak.
2. Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Umumiy talablar
Sifat menejmenti tizimining hujjatlari:
a) sifat sohasida siyosat va maqsadlar haqida hujjatli
rasmiylashtirilgan ariza;
b) sifat b o ‘yicha qo‘llanma;
v) zarurligi mazkur standart bilan belgilangan hujjatlashtirilgan
protseduralar va yozuvlar;
g) jarayonlarni samarali rejalashtirish, amalga oshirish va ularni
boshqarish uchun tashkilotga kerak b o ‘lgan hujjatlar va yozuvlar;
Izohlar:
1 Ushbu standartda "hujjatlashtirilgan protsedura" atamasi
uchragan hollarda, bu protsedura ishlab chiqilgan, hujjatli
rasmiylashtirilgan, joriy qilingan va ishchi holatda saqlab
turilmoqda deb nazarda tutiladi.
Alohida bir hujjat bir yoki bir necha protseduralar talablarini
o‘z ichiga olishi mumkin. Hujjatlashtirilgan protsedura talablari
birdan ortiq hujjatni o‘z ichiga olishi mumkin.
2
Sifat
menejmenti
tizimi
hujjatlarining
hajmi
va
batafsillashtirish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi kerak:
a) tashkilotning kattaligi va faoliyat sohasi;
b) jarayonlarning murakkabligi va o ‘zaro hamkorligi;
v) xodimlarning layoqatliligi.
86
|