6. Javobgarlik, vakolatlar va axborot almashish. Javobgarlik va vakolatlar Yuqori rahbariyat javobgarlik va vakolatlami aniqlangan
bo‘lishi va tashkilot xodimlariga xabardor qilinishni ta’minlashi
darkor.
Sifat sohasidagi belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur
bo‘lgan javobgarlik va vakolatlar yuqori rahbariyat tomonidan
belgilanishi va barcha xodimlarga yetkazilishi va sifatni boshqarish
tizimi faoliyat yurgazganida xodimlarning o‘zaro aloqasi tartibi
belgilanishi kerak. Sifatga ta’sir ko‘rsatuvchi faoliyatda band
bo‘lgan xodimlar, korxona ishchilarining sifatni boshqarish tizimiga
jalb qilinishi prinsipini hisobga olgan holda javobgarlik va
vakolatlar bilan ta’minlanishi kerak.
Yuqori rahbariyat, tashkilotning har bir darajasida barcha
manfaatdor tomonlarni, ularni javobgarliklari va vakolatlarining
belgilanganligi to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlashi kerak.
Javobgarlik va vakolatlar to‘g ‘risidagi ma’lumotlar,
sifatni
boshqarish tizimining samarali va natijalili joriy qilinishi va ishchi
holatda tutilishi maqsadida xodimlarga yetkazilishi kerak.
Javobgarliklar, vakolatlar va bo‘linmalar va mas‘ul shaxslar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi hujjatlarda belgilanadi:
S tashkilotning tarkibiy tuzilmasi;
yuqori rahbariyatning buyruq va farmoyishlari;
S tarkibiy bo‘linmalar to‘g ‘risidagi nizomlar;
S lavozim yo‘riqnomalari;
S sifat bo‘yicha qo‘llanma;
sifat tizimi hujjatlari;
S ishlarning bajarilishi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
S tashkilotning boshqa hujjatlari.
Javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashda tashkilotni sifat
sohasidagi
maqsadlariga
erishilishi
uchun
javobgarlikni
taqsimlanishi, javobgarliklarni tashkilot xodimlariga yetkazilishi
tartibi ko‘zda tutilishi kerak.
96