Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

8. Yaxshilash. Doimiy yaxshilash
Tashkilot sifat menejmenti tizimining samaradorligini, sifat 
sohasidagi siyosati va maqsadlarni, auditlar ma’lumotlarni tahlil 
qilish, to‘g‘rilovchi va oldini oluvchi harakatlarni hamda rahbariyat 
tomonidan tahlil qilish natijalarini qo‘llash yo‘li bilan sifat 
menejmenti tizimining samaradorligini doimo oshirishi kerak.
Tashkilot yaxshilash uchun imkoniyatlarni qidirish bo‘yicha 
doimiy 
faoliyatni 
amalga 
oshirishi 
kerak. 
Potensial 
yaxshilashlarning diapazoni uzluksiz faoliyatdan yaxshilashni uzoq 
muddatli loyihalarigacha bo‘lishi mumkin.
Yaxshilash bo‘yicha amallami rejalashtirishda jarayonlarning 
rejalashtirilgan natijalarga erishilishi qismi bo‘yicha monitoringi, 
o‘lchashlari va tahlili natijalarini jarayonlarning natijaliligi va 
samaradorligini oshirish uchun qo‘llash zarur. Siyosatning 
o‘zgarishi, auditlar natijalari, oldini oluvchi va to‘g‘rilovchi 
amallarni va tashkilot sifat bo‘limida jamlanadigan ma’lumotlar 
tahlilini hisobga olgan holda tashkilot SMT doimo takomillashishi 
kerak.
9. To‘g‘rilovchi amallar
Tashkilot nomuvofiqliklarning qaytarilishini oldini olish uchun 
ularning sabablarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan amallarni 
qo‘llashi 
darkor. 
To‘g ‘rilovchi 
amallar paydo 
bo‘layotgan 
nomuvofiqliklarning ta’sir qilish darajasiga muvofiq kelishi lozim.
Quyidagilarga qo‘yiladigan talablari bo‘lgan hujjatlashtirilgan 
protsedura belgilangan bo‘lishi kerak:
a) 
nomuvofiqliklarni 
tahlil 
qilish 
(iste’molchilarning 
shikoyatlari kiritilgan holda);
b) nomuvofiqliklarning sabablarini aniqlash;
v) nomuvofiqliklar qaytarilishini 
oldini 
olish bo‘yicha 
amallarning zarurligini baholash;
g) zarur bo‘lgan to‘g‘rilovchi amallarni aniqlash va bajarish;
133


d) ko‘rilgan amallar natijalari bo‘yicha yozuvlarni olib borish;
e) o‘tkazilgan to‘g ‘rilovchi amallar samaradorligining tahlili.
To‘g‘rilovchi amallar marketingdan boshlab tayyor mahsulotni
sotishgacha bo‘lgan, mahsulotni ishlab chiqish, nazorat qilish va 
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ishlab chiqilishi mumkin.
To‘g‘rilovchi 
amallar 
aniqlangan 
nomuvofiqliklarning 
sabablarini bartaraf qilish maqsadida ishlab chiqiladi va joriy 
qilinadi.
To‘g‘rilovchi 
amallar 
amaldagi 
nomuvofiqliklarning 
sabablarini, tashkilotning rivojlanishidagi istiqbolli muammolarini 
hal qilishga va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) sifatini 
yaxshilashga yo‘naltirilgan. Bu masalalar tashkilotning rivojlanish 
rejasida, sifat dasturida, biznes - reja, boshqa hujjatlarda 
ko‘rsatilishi mumkin.
To‘g‘rilovchi amalni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib amaldagi 
nomuvofiqlik, ya’ni o‘rnatilgan talablaming bajarilmasligi yoki 
jarayonlarning 
belgilangan 
maqsadlarga 
erishilmaganligi 
hisoblanadi. Tashkilot to‘g‘rilovchi amallarni rejalashtirish va joriy 
qilish tartibini ishlab chiqishi kerak. Rejalashtirish sifatga ta’sir 
ko‘rsatuvchi muammolaming muhimligini baholashni o‘z ichiga 
olishi kerak [17].

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin