g) ko‘rilgan amallar natijalari bo‘yicha
yozuvlarni olib
borishga;
d) ko‘rilgan oldini oluvchi amallarning samaradorligi tahliliga.
Oldini oluvchi amallar potensial nomuvofiqliklar sabablarini
bartaraf qilish, tashkilotni rivojlanishi istiqbolli muammolarini va
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat)
sifatini yaxshilashga
yo‘naltirilgan. Bu masalalar tashkilotning rivojlanish rejasida, sifat
dasturida, biznes - reja, boshqa hujjatlarda ko‘rsatilishi mumkin.
ISO 9000
ga muvofiq, oldini oluvchi amallar - bu potensial
nomuvofiqlik yoki boshqa potensial kerak bo‘lmagan holatning
sabablarini bartaraf qilish uchun joriy qilingan amallar.
Oldini oluvchi amallar tasodif pay do bo‘lishining oldini olish
uchun, to‘g ‘rilovchi amallar esa tasodifning qayta sodir bo‘lishining
oldini
olish
uchun
joriy
qilinadi.
Tashkilot
potensial
nomuvofiqliklarning sabablarini identifikatlashtirish va oldini
oluvchi amallarni ishlab chiqish uchun maxsus usullarni qo‘llashi
kerak.
Bunday usullar risklar tahlili,
tendensiyalar tahlili,
jarayonlarni statistik boshqarish, radlar sabablari va oqibatlarining
tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Oldini
oluvchi amalning joriy
qilinishi tanlangan variantning amaliy bajarilishini ko‘zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: