Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/46
tarix02.01.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#44346
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
anton burini ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 

30

Soatsoz Anton olib kelgan soatni ingichka asbob bilan sekingina ochdi. Anton shu payt 



uning qo‘li titrayotganini ko‘rdi. “Buni bir oz kutishingga to‘g‘ri keladi, - dedi u. – Uni 

ertadan keyin olib ketishing mumkin”. 

“Siz zamonga ko‘p sayohat qilasizmi?” – so‘radi Anton.  

“Juda ko‘p, - javob qildi chol. - Ba’zan shuni o‘ylab qolaman…” 

“Nimani?”– so‘radi Anton, chunki chol gapini davom ettirmay qo‘ygandi. 

“Biz yashaydigan zamondagilar keksalarga toqat qilolmay qolganlar. Hamisha va hamma 

joyda shunday bo‘lgan emas. Shuning uchun men ba’zan o‘tmishga sayohat qilib

xitoyliklar huzurida qolib ketish haqida o‘ylab qolaman. Yoki hindular qabilasida”. 

Antonga o‘zining titroq qo‘llarini ko‘rsatib kuldi va dedi: Hech bo‘lmasa, tinchlik nayini 

ushlab turishga qurbim yetar”. 

“Unda Sizga oq yo‘l tilayman”, - dedi Anton va xayrlashdi. Onasi kechki ovqat bilan kutib 

turgani uning esiga tushib qoldi. 

Ikki kundan keyin Anton yana soatsozning ustaxonasi oldiga kelib, turib qoldi. Eshikka 

yozuvli taxtacha ilingandi: “Noaniq zamonga sayohatga ketgan”. 

Anton yon tomondagi novvoyxonaga kirdi. “Soatsoz qachon qaytib kelishini bilasizmi? – 

so‘radi u. Unga soatimizni tuzatishga bergandik”. 

“Ha, bu sen ekansan-da”, - dedi oq etakli semiz ayol. - U uni ketishidan oldin bizga 

tayinlab ketgandi”. U Antonga bitta kichkina to‘rvachani uzatdi. 

“Uning o‘zi qayerdaligini bilasizmi?” – bilmoqchi bo‘ldi Anton. 

“Buni hech kim bilmaydi, - dedi ayol. – Agar mendan so‘raydigan bo‘lsang, chol so‘nngi 

paytlarda parishonxotir bo‘lib qolgandi. Hamma narsani joyida qoldirib, eshigiga, - 

`Noaniq zamonga sayohatga ketgan`, - deb yozilgan taxtachani ilib qoyardi-da

ko‘rinmay qolardi”.  

“Noaniq zamonga, - o‘yladi Anton. – Bunaqasi yo‘q edi-ku”. Keyin u ko‘knor urug‘i 

sepilgan nonchadan ikkita xarid qildi va o‘ychan holda uyi tomon yo‘l oldi. To‘rvachada 

onasining qo‘l soati bor edi. Endi u har doimgidek chiqqillab to‘g‘ri yurayotgandi. 

Anton to‘rvacha ichiga qarasa, unda yana bir narsa bor ekan: oq qog‘ozcha. Undagi 

titroq qo‘l bilan yozilgani bilinib turgan, ammo o‘qisa bo‘ladigan yozuvda shunday 

deyilgandi: “Men o‘zimga judayam yoqadigan zamonga tushib qoldim. Endi shunda 

qolmoqchiman. Senga omad tilayman, Anton”. 

Antonning onasi xonaga kirdi. “Soatni tuzattirish qanchaga tushdi?” – so‘radi u. 

“Hech qanchaga”, - dedi Anton. 

“Keksalik-da, - dedi Antonning onasi. - U qaytganidan keyin pulini berib qo‘yishimiz 

kerak”. 


Anton indamaygina oq qog‘ozchani yashirib qo‘ydi. Chunki agar u aytib beradigan bo‘lsa, 

onasi ham, boshqa birov ham baribir bu voqeaga ishonmasligini bilardi.  




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin