Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


O‘zbekistonda ekologik vaziyat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/6
tarix13.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#87596
1   2   3   4   5   6
global ekologik muammoar 2

O‘zbekistonda ekologik vaziyat
Yurtimizda ekologiyani asrab-avaylash, atrof-muhit ozodaligini asrash masalalariga katta e'tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonning eng katta ekologik muammosi Orol dengizining qurib borishidir. Orol dengizining ekologik falokat hududi, shuningdek, Qozog‘iston, Turkmanistonni ham qamrab oladi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 301 o‘simlik va 184 ta hayvon turi "O‘zbekiston Qizil Kitobi"ga kiritilgan.
Ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun O‘zbekiston hukumati bir qator strategik dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit gigienasi bo‘yicha milliy harakat dasturi, biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakat rejasi, Qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanishga qarshi kurash bo‘yicha Milliy harakat dasturi, Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Milliy harakat dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida yurtimiz ekologiyasini asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
BMT agentliklari tizimi ham O‘zbekistonning tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish maqsadida atrof-muhitdan foydalanishni samarali boshqarishga va uni muhofaza qilishga qaratilgan sa'y-harakatlarni bir qator loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qator strategik hujjatlarni ishlab chiqqan. 2000 - 2010 yillarga mo‘ljallangan davrda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash davlat dasturi bu borada muhim amaliy ahamiyatga ega. Ayni maqsad yo‘lida ham BMT tizimi agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar suv zahiralaridan unumli foydalanishda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Yurtimizda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga ega bo‘lish bosh maqsad sifatida belgilangan. Barqaror rivojlanish shunday taraqqiyot yo‘liki, unda bugunning manfaatlari yo‘lida kelajak avlod ehtiyojlarining qondirilishi xavf ostiga qo‘yilmaydi.
Kim aybdor?
Achchiq haqiqat shundaki, global isishga eng katta hissa qo‘shayotgan davlatlar bu rivojlangan sanoat mamlakatlaridir. Yer, suv va havo ifloslanishida eng katta ulushga ega bo‘lgan o‘lkalar ham ayni shu mamlakatlardir. Lekin ular yaratayotgan muammo uchun issiqxona gazlarini deyarli chiqarmaydigan Afrika kabi qashshoq hudud mamlakatlari jabr ko‘rishiga to‘g‘ri kelyapti.
Afrika qit'asining global isishdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan hudud ekani bugun hech kim uchun yangilik emas. Iqlim o‘zgarishi bu yerdagi shundoq ham jazirama bo‘lgan havoni yanada isitib, oziq-ovqat manbalari bo‘lgan ekin maydonlarini nobud qilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Afrika bugungi ahvolidan qutilishi uchun iqlim o‘zgarishining qanchalar jiddiy muammo ekanini, avvalo, o‘z xalqiga tushuntirishi kerak. Bundan tashqari, muammo keltirib chiqarayotgan jiddiy asoratlarning oldini olish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu bois ularni inqirozdan olib chiqish uchun boy mamlakatlar yordam qo‘lini cho‘zishi kerak. Bu borada rivojlangan davlatlarning aksariyati sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa-da, lekin ular orasida yordam qo‘lini cho‘zayotganlar ham yo‘q emas. Masalan, Norvegiya Tanzaniyaga so‘nggi besh yilda iqlim o‘zgarishi va o‘rmonlarning yo‘qolib borishi muammolarining oldini olish uchun 100 million dollar taqdim etdi. Negaki, Tanzaniya o‘rmonlari yo‘qolib, cho‘llashish darajasining yuqoriligi bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Iqlim o‘zgarishi va global isishga qarshi kurashda cho‘llashishning oldini olish esa juda muhim.
Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg aytganidek, "Cho‘llashish global miqdorda issiqxona gazlari chiqishining 20 foizini tashkil qiladi" va bu miqdor shak-shubhasiz dahshatli oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Norvegiya iqlim o‘zgarishining jiddiy muammo ekanini o‘z vaqtida anglab yetgan ko‘rinadi. U o‘z hududini 2030 yilgacha karbon gazlaridan mutlaqo xoli hududga aylantirishni rejalashtirmoqda. Agar barcha mamlakatlar (hech bo‘lmaganda, AQSh, Xitoy, Hindiston kabi yirik sanoat davlatlari) bu borada shu kabi amaliy ishlarga kirishsa, iqlim o‘zgarishi olib kelishi kutilayotgan salbiy oqibatlarning oldi olingan bo‘lardi. Xulosa qilib aytganda, global isishning yanada jiddiyroq zararlarini butun
dunyo hududi birday tatib ko‘rmasdan oldin hozirdan global hamkorlik chora- tadbirlarini amalga oshirmoq lozim.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin