Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2


Biosferaning ekologik muommolari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə3/6
tarix13.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#87596
1   2   3   4   5   6
global ekologik muammoar 2

Biosferaning ekologik muommolari
Keyingi davrlarda karbonat angidrid gazining haddan tashqari biosferada yigilishi tabiatdagi ayrim turlarning yashash imkoniyatlarini cheklamoqda, bu gazning (SO2) miqdori ayniqsa uglerodni yoki hisobiga ko'payib bormoqda. Bu esa uglerodning biogeoqimyoviy tsiklining bo'zilishiga olib keladi.
Оzоn qatlamlarining еmirilishi. 1980 yillarda Antarktidada joylashgan ko'pchilik ilmiy-tekshirish stantsiyalarida havoda ozon miqdorining kamayib borayotgani va «ozon teshik»larining paydo bo'lganligi aniqlangan edi. 1987 yilning bahorida Antarktidada Amerika er yo'ldoshi «Nim-buk» — 7 tomonidan olingan ma’lumotga ko'ra, «ozon teshigi» janubiy materikning 2/3 qismini egallagan. Ozon qatlamining emirilishining asosiy sababi ko'plab xlorftor uglevodlarning ishlatilishidir (ishlab chiqarishda va kundalik turmushda har xil aerozolar va ayniqsa xlor oqsidlari ko'plab qo'llaniladi). Bular hammasi ozon qatlamlarini faol ravishda emiradilar, o'zlari esa juda ham sekin parchalanadilar. Ularning parchalanishi 50 yildan 200 yilgacha davom etishi mumkin.
Hozirgi kunda dunyoda 130 ming tonna ozon qatlamlarini emiruvchi moddalar ishlab chiqariladi. 1989 yilning birinchi yanvarida Monrealda qabul qilingan protoqol (hujjat) ga muvofiq 1999 yilda freonlarni ishlab chiqarish dunyo bo'yicha 50 foizga kamaytiriladi. Ana shu tadbirlar amalga oshirilsa, ozon qatlamlarida hosil bo'layotgan «ozon teshiklarini» kamaytirish mumkin, bu zsa ozon qatlamini saqlab qolish imkonini beradi.
Kislotali yomg'irlar. Keyingi davrlarda texnogen sulfidning havoga ko'plab chiqarilishi biosferada sodir bo'lib turadigan moddalarning aylanma harakatiga katta ta’sir ko'rsatmoqda.
YUNESKO ekspertlarining ko'rsatishiga qaraganda, 1980 yilning boshlarida havoga chiqarilgan sulfidlar miqdori 251 mln. tonnaga teng bo'lgan, SHundan Er kurrasining shimoliy zonasiga — 174, janubiga esa 77 mli. tonnasi to'g'ri kelgan. Bu yomg'irning ta’siri tufayli AQSHdagi ko'llarning 80 foizida hayot umuman yo'qolgan.
Kanada, SHvetsiya, Norvegiya va boshqa bir qancha davlatlardagi suv havzalari ana shu yomg'irlarning ta’siri tufayli zararlangan, kislotali yomg'irlarning ta’siri natijasida har yili 31 mln. gektarga yaqin erlardagi ormonlar qurib yo'qolib ketmoqda, shuningdek, tuproqdan olinayotgan mineral moddalar miqdori ko'payib bormoqda. Bular hammasi tabiiy o'simliklar jamoasining o'lishiga yoki bo'lmasa ularning biologik mahsuldorligining kamayishiga olib keladi. A. V. YAbloqov tomonidan 1989 yilda o'tkazilgan ko'zatishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, kislotali yomg'irlar ta’sirida ormonlar ham ko'chli shikastlanadi.
Kislotali yomg'ir chuchuk suvlarning organik dunyosiga ham kuchli ta’sir ko'rsatadi. Agar rN 5 dan kam bo'lsa, suvdagi ko'pchilik organizmlarning hayotiy faoliyati to'xtaydi.
Atmosferaning tarkibi va uni ifloslovchi manbalar.
Er kurrasini o'rab olgan havo qatlami atmosfera deyildi. Erning landShafti hayo tida juda muhim vazifani bajaradi. Atmosfera erning tirik organizmlarini turli ultrabinafSha nurlardan saqlaydi. Agar atmosfera bo'lmaganda edi, unda er yo'zasi kechkurun 100° S sovuq, kundo'zi 1000 S isib ketgan bo'lar edi. Faqat atmosfera tufayli erda havo mavjud. Aks holda u oydagi kabi hayo tsiz bo'lib kolar edi.
Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo'lib, tirik organizmlar yashashi uchun juda ham zarurdir. Har bir kishi 1 sutkada 1 kg ovqat, 2 litr suv iste’mol qilsa, nafas organlari orqali 25 kg havoni yutadi. Toza havo Shuningdek, o'simlik, hayvonlar va qishloq ho'jalik ekinlari uchun ham zarur. Atmosfera havosi har hil gazlarning mehanik aralashmasidan iborat: azot - 78%, kislorod- 21%,argon- 0,93 % va karbonat angidrid 0,03% dan iborat.Kosmonavtlarning ma’lumotlariga ko'ra, atmosferaning 100 km.cha baland qismida ham uning tarkibi suv bug'lari azot, azon, vodorod, geliy, neon,kseon, krepton gazlaridan iborat . 1000-2000 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan , undan yuqori 2500 km gacha bo'lgan qismida geliy gazi va 2500 km dan yuqorida engil gaz vodoroddan iborat. Atmosferani ifloslanishi deganda uning tarkibida tabiiy holda har hil gazlar qattiq zarrachalar, changlar, radiaktiv changlar, to'z zarrachalari, suv bug'lari va boshqalr ko'zda tutiladi. Bir kuchli vulkon otilganda atrof-muhitga 75 mln.m chang chiqadi. Shuningdek dengiz suvi tufaydi havoga to'z zarrachalari yo ng'in natijasida chang, qum va boshqa qattiq zarrachalar o'simlik changlari chiqib qo'Shiladi. Keyingi paytlarda atmosferaning suvni ifloslanishida avtomobil transporti 1-chi o'rinni (40%) egallaydi. Energetika sanoati 20% ishlab chiqarishdan 14%ni egallaydi. Maishiy kommunal qishloq ho'jaligida 26%ni tashkil qiladi. Hozir har yili atmosferaga er kurrasidagi kishilarning ho'jalik faoliyatidan 500 mln.tonna atrofida oltingugurt gazi, sulfid oksidi, azot oksidi, karbonad angidrid va pestitsitlar chiqarilmoqda.
Avtomashina, samolyo t, teplovoz, qishloq ho'jalik mashinalari juda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosferani is gazi azot oksidi uglevodorodlarni qurg'oShinning zaharli birikmalarini, changni qum va boshqalarni chiqarib, uni ifloslaydi.
AKSHda atmosfera havosini ifloslanishida transportning hissasi 60%ni sanoat hissani esa 17%ni tashkil etsa, Evropa ittifoqida sanoatni hissasi 60%ni, transport 13%ni tashkil etadi.
Ifloslangan atmosfera havosining atrof-muhitga va inson sog'ligiga hamda turmush tarziga ta’siri.
Atmosfera havosining turli bo'zilishlari asosan 19 asrdan boshlab tez rivojlana boShlaydi. Bu ayniqsa, 20 asrda misli ko'rilmagan darajaga etadi. Er kurrasi g'oyat katta undagi turli sanoat korhonalari, zavod va fabrikalar avtotransport vositalari va halq ho'jaligining boshqa muassasalaridan ajralib chiqayo tgan zararli omilar bekiyos. Ba’zilar bu gazlar o'z-o'zidan yo q bo'lib ketdi deyishadi. Ayniqsa bunday emas. Sanoat korhonalari va boshqa ho'jalik chiqindilari o'zoq yillar davomida tashqi muhitda aylanib yuradi. Ular bir muhitdan ikkinchisiga o'tib turadi. Rivojlangan Shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosi doimo chang, tutun, qurum va tumanlar bilan qoplanib turadi. Bu quyo Sh nurini to'sib, er yo'ziga ultrabinafSha nurlar o'tishiga Yo 'l bermaydi. UltrabinafSha nurning er yo'ziga etarli tuShmasligi o'z navbatida turli kasalliklarni ayniqsa bolalarda rahit kasalligini keltirib chiqaradi. Shahar havosining doim tutun, tuman bilan qoplanishi kishilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. yo rug'likning etarli bo'lmasligi ish unumini pasaytiradi. Ko'pgina sanoat korhonalaridan chiqayo tgan gazlar, chang, qurum va boshqa ta’sirchan moddalar tuman bilan aralashib yo rug'likni to'sib quyishadi. Gira-Shira bo'lib qoladi. Agar atmosfera havosidagi qurum miqdori 2 mg/m ga etsa, kundo'zi yo rug'lik 90%ga kamayar ekan.
Havodagi chang zararli ultrabinafSha nurlarni anchagina qismni o'ziga sindirib, ularning erga tuShishiga to'sqinlik qiladi. Ayniqsa sanoat markazlaridan atmosfera havosiga ko'tarilgan changli chiqindilarni osilgan hamda muallaq holda havoda turib qolishi ham quyo Sh nurining kamayishiga sababchi bo'ladi. Chunki bu osilib turgan omillar havo muhitida aerodispers sistemani keltirib chiqaradi.
Aerodispers sistema havodagi chang zarrachalarining yo yilgan holati. Changsimon moddalar havoda turli Shaklga kiradi. Jumladan eng mayda zarrachalar atmosfera havosida muallaq osilgan holda turib qoladi. Ba’zan ular bir-biri bilan yo pishib, ipir- ipir yiriklashgan zarralarni hosil qiladi. Zarrachalar o'ziga tashqi muhitdagi ionlar molekulalar, suv bug'larini singdirib jamlanishiga sabab bo'ladi. Bunday zarrachalarda turli belgili zaryadlar paydo bo'ladi. Aerodispers sistema yo rug'likning kuchli taralishiga sabab bo'ladi.
Havoning changli yo ki tumanli bo'lishi, ifloslanishi, quyo Sh radiaktsiyasiga ta’siri Shahar muhitini o'zgartirib yuboradi. Havo harakatini sekinlashtiradi. U havoni nisbiy namligini kamaytirishi mumkin. Shaharni quyuq tuman bosishi ham havfli. Chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bunday hodisalar Germaniyaning Gamburg, Angliyaning Glazgo kabi Shaharlarida sodir bo'lib turadi. U erdagi tumanning zararli tomoni Shundaki, u havodagi chang zarralarining tarqalishiga va o'z-o'zidan tozalanishiga yo l qo'ymaydi. Sanoat markazlarida sodir bo'ladigan bunday tumanlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi. Oddiy tuman zaharli moddalarga aralashib, kishi organizmiga jumladan burun, yuqori nafas yo llari Shilliq qavatiga ta’sir ko'rsatadi. Ana Shunday tumanli kunlarda bemorning ahvoli yanada Yo monlashadi. Masalan, surunkali bronhit, emfizema, tumov, nafas qisish kasalligiga duchor bo'lgan bemorlar o'zlarini yo mon his qiladilar. Havodagi gaz tarkibining o'zgarishi gigienik nuqtai nazardan havfli hisoblanadi. Mabodo havoda qandaydir nohuSh hid sezilsa va u nafas orqali organizmga tuShsa, kasallik sodir bo' lishi mumkin. Shuning uchun ham havoda hech qanday yo t nohuSh hid bo'lmasligi kerak. Biroq Shunday gazlar ham bordirki, ular o'ta zaharli bo'lishiga qaramay, hech qanday hidi bo'lmaydi. Ko'pincha is gazini odam sezmaydi. Bunday gazlar asosan sanoat korhonalaridan chiqadi. Katta industrial Shaharlarda havo tarkibini bo'zilganligini Shundoq sezish mumkin. Masalan, Olmaliq, Chirchiq va Navoiy Shaharlarining havosi tarkibida 10 va undan ziyo d turli zararli gazlar mavjud. Bular Shahardagi sanoat korhonalaridan, avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli omillardir.







Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin