39
tarangligi me’yorida rostlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun tasmaning
tarangligini rostlovchi tuzilma nazarda tutiladi. Yengil avtomobil
dvigatellarida parraklar ko‘pincha plastmassadan tayyorlanadi.
Zamonaviy yengil avtomobillar dvigatellarida ko‘pincha elektr
ventilatorlar qo‘llanilmokda. Bunday ventilatorlar, gidromuftali
ventilatorlar kabi dvigatelning sovitish tizimida eng maqbul harorat
rejimini avtomatik saqlaydi. Ventilatorning avtomatik ravishda harakatga
kelishi yoki harakatdan to‘xtatishi, sovituvchi suyuqlikning haroratiga
bog‘liq bo‘lib, radiator bakchasiga o‘rnatilgan datchikning signali bilan
boshqariladi. Neksiya avtomobili dvigatelida elektr ventilator sovituvchi
suyuqlikning haroratiga qarab ikki rejimda ishlashi nazarda tutilgan.
Sovituvchi suyuqlikning harorati 900S dan ortganda radiator bakchasiga
o‘rnatilgan yelektr datchigining signali bo‘yicha kichik aylanishlar
chastotasida avtomatik ishga tushadi. Ventilatorning katta aylanishlar
chastotasiga o‘tishi sovituvchi suyuqlikning harorati 1050S dan
ortganda, dvigatelning elektron bloki boshqaruvida (YEBB) o‘rnatilgan
rele yordamida avtomatik ravishda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: