37
Shuning uchun
sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan
kamchiliklardan holi bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan keng
foydalanilmoqda. Antifrizning ikki xili ishlab chiqariladi: tarkibi 47%
suv va 53% etilen glikol bo‘lgan antifriz M-40 (muzlash harorati - 400S).
34% suv va 66% etilen glikoldan tashkil topgan; antifriz M-65; (muzlash
harorati 650S). Antifriz inson organizmi uchun zaharli hisoblanadi.
Uning issiqlik sig‘imi suvnikiga nisbatan kam. Shuning uchun sovituvchi
suyuqlik sifatida antifriz qo‘llanilganda tizimning issiqlik tarqatish
qobiliyati suv bilan sovitilgandagiga nisbatan past bo‘ladi, natijada
silindrlar devorining harorati 15…200S ga ortiqroq qiziydi. Antifriz
qiziganda suvga nisbatan birmuncha ko‘proq kengayadi. Tizimda
suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yomg‘ir yoki oqar suvlaridan
foydalanish
tavsiya etiladi, chunki bu suvlar yumshoq xususiyatiga ega.
Sovituvchi suyuqlik sifatida quduq, buloq yoki dengiz suvlaridan
foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday suvlarni yumshatish uchun
30…40 daqiqa qaynatiladi va tizimga quyishdan avval besh-olti
qavat
dokadan o‘tkazib filtrlanadi.
25-rasm. Radiator va jalyuz:
1 va 9 birlashtiruvchi shlanglar; 2-jo‘mrak; 3 va 6 - pastki va yuqorigi
bakchalar; 7-radiator qopqoqi; 8-radiator bo‘izi; 10-radiator o‘zagi;
11-yo‘naltiruvchi kojux.
Dostları ilə paylaş: