Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

Rul boshqarmasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
¾ rul mexanizmi;
¾ rul yuritmasi. 
Rul mexanizm boshqariluvchi g‘ildiraklarni yengil burish va 
uzatishlar sonini ko‘paytiradi. Hozirgi zamonaviy avtomobillarda 
chervyakli, vintli va shesternyali rul mexanizmlari ishlatiladi. 
Chervyak rolikli rul mexanizmi barcha yengil avtomobillarda 
(klassik komponovkadagi) va oldi boshqariluvchi o‘qiga 25kN gacha 
og‘irlik tushadigan yuk avtomobillarda kuchaytirgichsiz va 40kN og‘irlik 
tushadigan yuk avtomobillarda kuchaytirgich bilan qo‘llanishi mumkin 
(63-rasm). 
Chervyakli rul mexanizmida rul chambaragiga qo‘yilgan moment, 
rul valiga mahkamlangan chervyakdan, chervyak sektori orqali, shu 
valda o‘tirgan soshkaga uzatiladi. 
Ko‘pchilik rul mexanizmlarida chervyak glaboidsimon (glaboid 
chervyakning tashkil etuvchisi-aylana yoyidan iborat), a sektor tishlarini 
esa, podshipnikda o‘tirib aylanadigan rolik bilan almashtirilgan. 
Bunday rul mexanizmida chervyak katta burchakka burilganda, 
tishlashish yaxshi saqlanib, ishqalanuvchi juftlarning yedirilishi kam 
bo‘ladi. 


 100
63-rasm. Chervyakli rul boshqarmasini sxemasi.
1-rul chambaragi; 2-rul vali va «chervyak»; 3-«rolik» va soshka vali; 4-rul 
soshkasi; 5-o‘rtadagi tortqi; 6-yon sharner; 7-burilish rechagi; 8-avtomobilning 
old g‘ildiragi; 9-mayatnik richagi; 10-rul tortqisi sharneri. 
Reyka-shesternyali rul mexanizmi. Rul valiga mahkamlangan 
shesternya aylanganda reykani siljishiga sabab bo‘ladi va reyka 
ko‘ndalang tortqi vazifasini bajaradi. 
Rul mexanizmi, valdagi shesternyaning aylanma harakatini, 
reykaning ilgarilama qaytma harakatiga aylantiradi (64, 65-rasmlar). 
64-rasm. Reyka-shesternyali rul boshqarmasini sxemasi.
1-rul chambaragi; 2-val va aylantiruvchi g‘ildirak; 3-rul mexanizmi reykasi;
4-o‘ng va chap rul tortqisi; 5-burilish richagi; 6-buriluvchi g‘ildirak. 
Reyka shesternyali rul mexanizmining tuzilishi keltirilgan. Rul 
chambaragini aylantirilganda shesternya, reykani harakatga keltiradi, 
undan kuch rul tortqilariga uzatiladi. Rul tortqilari, burilish richaglari 
orqali boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradi. 


 101
Reyka-shesternyali rul mexanizmi rul vali bilan tayyorlangan qattiq 
tishli shesternya va qattiq tishli reykadan tashkil topgan. Val karter 
ichida joylashgan sharikli podshipniklar aylanadi. Ular halqa va yuqori 
qopqoq yordamida tortiladi 
Tayanch, prujina orqali reykaga siqib qo‘yilgan bo‘lib, unga ta’sir 
qilayotgan radial kuchni qabul qiladi va yon tomondagi qopqoqga 
uzatadi, shuning hisobiga juft ilashuvining aniqligi amalga oshiriladi. 
65
-rasm. Reyka-shesternyali rul boshqarmasini qirqimi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin