106
yordamida sozlanadi. Rul soshkasining o‘q bo‘yicha siljishi,
tayanch bolt
yordamida sozlanadi.
Rul boshqarmasidagi mahkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni
qotirilganligini tekshirishdan iborat bo‘lib, buni bajarishdan oldin rul
mexanizmi karterining
avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagini burish
mushtiga, soshkaga, bo‘ylama va ko‘ndalang rul tortqisi barmog‘iga
mahkamlanishi tekshirib ko‘riladi.
Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy
sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy
quyiladi. Gidrokuchaytirgich bachogi, uning
filtrlarni hamda karterni
(yilda kamida 1 marta yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan
yuvib, moyi almashtiriladi. Gidrokuchaytirgichga
dvigatel salt ishlab
turganda moy quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun
mo‘ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari yoki transmission moy
quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda trubina moyi
(makasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. Rul tortqilarining
sharnirli birikmalari 1200
÷1800 km yurilgandan so‘ng, navbatdagi TXK
paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USS-1, USS-2
yoki USS solidoli
bilan moylanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYA, ESPERO,
MERSEDES-BENS va boshqa turdagi avtomobillarning
rul mexaniz-
mining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-II moyi quyiladi.
Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarining
almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning yeyilgan joylari,
masalan, soshka vali bo‘yinlari xromlash yo‘li bilan tiklanadi, soshka
vali oxiridagi rezba yo‘nib
tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba
ochiladi. Rul mexanizmi karterdagi podshipnik o‘rnatiladigan uyaning
yeyilgan joylari yo‘niladi va po‘lat halqa presslab o‘rnatiladi.
Tarangligi
pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarining yeyilgan
vkladishlari, bo‘ylama va ko‘ndalang tortqi barmoqlari almashtiri-ladi.
Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 8000S haroratacha qizdirib
to‘g‘rilanadi.
Dostları ilə paylaş: