113
Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari
bo‘yicha bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini alohida-alohida
ko‘rib chiqamiz.
Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega
bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi ishlar bosh tormoz
silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me’yoriga keltirish,
agar tizimga
havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin
yurish yo‘lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi
tirqishni sozlash,
tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir.
Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida
tanishib chiqamiz:
1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish.
Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va
jipsligini tekshirish hamda avtomobil g‘ildiragini osib qo‘yib, uning
yengil aylanishini aniqlashdan iborat.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini
tekshirish va sozlash
(72-rasm).
Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o‘rin-
dig‘i oldida bajariladi. Chizg‘ichning bir uchi polga qo‘yilib, ikkinchi
tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu
holatda tepki qarshilik hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi.
So‘ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy
qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi
va baraban orasidagi tirqish,
O‘zDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.
72-rasm. O‘zDEU avtomobillarida tormoz tepkisining erkin
Dostları ilə paylaş: