124
Qarshilik momenti. Qarshilik
momenti Mq kattaligi dvigatel
qismlari orasidagi ishqalanish kuchi (porshenlarni silindrlarda, tirsakli
valni podshipniklarda) va silindrlarda havoni siqilishiga bo‘lgan
qarshilik (dizel dvigatellarida) qiymatlari bilan belgilanadi.
Ishga tushirish aylanishlar chastotasi. Startyor dvigatelni ishga
tushirish vaqtida, ya’ni tirsakli valni majburiy ravishda aylantirish
jarayonida quyidagi qarshiliklarni yengishi zarur. Avvalo, startyor
dvigatel va uning qo‘shimcha mexanizmlaridagi harakatlanuvchi
qismlarning ishqalanish kuchlari ta’sirida vujudga
kelgan momentlarni
yengishi kerak.
Dvigatel ishonchli ravishda ishga tushishi uchun tirsakli valni
aylantirish chastotasi ma’lum belgilangan eng kichik qiymatdan kam
bo‘lmasligi kerak. Karburatorli dvigatelni 10s, dizel dvigatelini 15s
davomida, ikki urinishda (urinishlar oraligidagi vaqt - 1 minut) ishga
tushib ketishini ta’minlovchi aylanish chastotasi
dvigatelning minimal
ishga tushish aylanish chastotasi deb ataladi.
Dvigatelni ishonchli ishga tushirish mumkin bo‘lgandagi
atrof
muhitning eng past harorati, ishonchli ishga tushirishning
chegaraviy
temperaturasi deb ataladi. Chegaraviy temperaturaning qiymati
karburatorli(injektorli) dvigatellar uchun moyning qovushqoqligiga
qarab
20....25
0
S, dizel dvigatellari
uchun esa
12....17
0
S ni tashkil
qiladi.
Harorat bundan ham pasaysa, dvigatelni ishga tushirishni
yengillatuvchi maxsus moslamalar qo‘llaniladi.
77-rasm. Dvigatelni ishga tushirish tizimi sxemasi.
a) startyor qo‘shilmagan. b) startyor qo‘shilgan.
1-startyor qobig‘i;2- yakor vali;
3-shesternya; 4-shesternya tortqisi; 5-tortish relesining cho‘lg‘amlari; 6- tortish
relesining yakori; 7-tortish relisi plastinasi; 8-kontak boltlari; 9-startyor
cho‘lg‘amlari; 10-yakor cho‘lg‘ami; 11-tirsakli val; 12-moxovik tishlari.