127
Kunning qorong‘u qismida avtomobil yetarli
darajada katta tezlik
bilan harakatlanishi uchun yoritish sistemasi avtomobil oldidagi yo‘lni
va yo‘l chekkasini 50-250 m masofaga yoritishi zarur. Bu haydovchiga
yo‘lning vaziyatini to‘g‘ri va o‘z
vaqtida baholash, zarurat bo‘yicha
tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi. Yo‘lni yoritish uchun
avtomobillarga paraboloid nur qaytargichli fara va projektorlar
o‘rnatiladi.
Amerika va Yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimidagi fara
lampalarida uzoqning yoritilishini ta’minlovchi cho‘lg‘anish tolasi nur
qaytargich fokusiga joylashtiriladi. Shuning uchun,
faraning uzoqni
yoritish tizimi ulanganda optik o‘qqa deyarli parallel bo‘lgan yorug‘lik
dastasi hosil bo‘ladi (79v rasm va 80v-rasmga qarang).
Yevropa yoritish tizimiga oid faralardagi
yaqinni yorituvchi
yorug‘lik dastasida yorug‘lik-soya chegarasi aniq ifodaga ega bo‘lib,
uning o‘ng tomoni 150 burchak ostida ko‘tarilib boradi(79 rasm).
80-rasm.
Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi optik sistemalarda nur
tarqalish sxemasi: a-yaqinni yoritish; b-yaqinni yoritish yorug‘lik dog‘i;
v-uzoqni yoritish;
g-lampa ekrani;
1-uzoqni yoritish tolasi;
2-yaqinni yoritish tolasi.
Amerika yorug‘lik taqsimlash tizimidagi
faralarda yaqinni yoritish
cho‘lg‘ami tolasi 2 (80a-rasm) silindr shaklidagi spiral bo‘lib, u uzoqni
yoritish cho‘g‘lanish tolasiga nisbatan sal yuqoriga va fokusga nisbatan
chaproqqa (nur qaytargich tomonidan qaralganda), optik o‘qqa
ko‘ndalang qilib joylashtiriladi.
Tumanga qarshi faralar tuman, kuchli qor yog‘ishi, chala va
boshqa og‘ir ob-havo sharoitlarida transport vositalarini xavfsiz
harakatlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Bu sharoitlarda uzoqni
Dostları ilə paylaş: