120
2. indikator qora rangda, yashil nuqta yo‘q - akkumulator
razradlangan. Uni avtomobildan yechib zaradlashga qo‘yish zarur.
Bundan tashqari generator va kuchlanish rostlagichlari me’yorida
ishlashini ham tekshirish zarur;
3. indikator rangsiz yoki
och sariq rangda - bu, akkumulatordagi
elektrolit sathini kamayib ketganligi va uning nosozligi haqidagi belgidir.
Akkumulator, generator va kuchlanish rostlagichi belgilangan tartibda
tekshirilishi zarur.
Akkumulator batareyalarini saqlash. Yangi, elektrolit quyilmagan,
quruqzaradlangan akkumulator batareyalar isitilmaydigan, quruq, havo
harorati -50
0
S dan past bo‘lmagan xonalarda saqlanadi.
Bu batareya-
larning tiqinlari yaxshi yopilgan holda bo‘lishi kerak. Elektrolit
quyilmagan, quruq akkumulatorlarni saqlash muddati 3 yildan ortiq
bo‘lmasligi kerak.
Generator. Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy
manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab
turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va
akkumulatorni zarad qiladi (75-rasm).
Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli
validan harakat
olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi va demak, ishlab
chiqarayotgan kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi.
Generator
kuchlanishini belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab
turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi.
Avtomobil generatorining tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi
chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o‘lchamlari, massasi,
tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past
bo‘lgan hollarda ham akkumulator batareyasini zarad qilinishini
ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Elektron sanoatning rivojlanishi
va tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik,
yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi yuqori bo‘lgan kremniy
yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarining paydo bo‘lishi, hozirgi zamon
avtomobillarida, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchilik-
lardan holi va bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
generatorlarini keng ko‘lamda ishlatish imkonini berdi.
O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok
generatorlariga
nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va
massasi 2-3 marta kichik, chidamliligi va ishonchliligi yuqori. Ularda
qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis, o‘zgarmas tok generatoriga
121
nisbatan 2-2,5 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida
kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan
stator cho‘lg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit
bitta
g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati
(ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan
holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 15O Vt/kg dan
ortib ketdi.
75-rasm. MATIZ avtomobili generatorining tuzilishi:
1-generator qopqog‘i; 2-himoya g‘ilofi; 3-bolt; 4-kontakt halqasi; 5-sharikovoy
podshipnik; 6-rotor vali; 7-kondensator; 8-sim; 9-o‘tkazgich bolt; 10-havo
o‘tkazgich; 11-kirish simi"A"; 12- kirish simi "B"; 13-kirish bilan bog‘lanish
simi "V"; 14-kuchlanish to‘g‘rilagich; 15- kirish bilan bog‘lanish simi; 17-gene-
rator qopqog‘i; 18-qanotchalar; 19-“musbat”qutb; 20-shayba; 21-oraliq halqa;
22-sharikovoy podshipnik; 23-po‘lat vtulka; 24-rotora o‘rami; 25-stator; 26-sta-
tor o‘rami; 27-“musbat”rotor o‘rami; 28-to‘g‘rilovchi blok; 29-mahkamlana-
digan bolt; 30-bufir vtulka; 31-vtulka; 32-siquvchi vtulka; 33-minus ventil;
34-uchlab turgich ventili; 35-fazavoy kirish; 36-musbat ventil; 37-uchlab turgich
musbat ventili; 39-kirish; 40-qo‘shimcha diod; 41-generator; 42-jihoz kombinat-
siyasi; 43-rezistor; 44-voltmetr; 45-stabilizator; 46-rele; 47-kalit; 48-asosiy blok
saqlagich; 49-akkumulator batareyasi.