5.4. Tormoz tizimi
Avtomobilning o‘z harakati davomida, vaziyatga qarab, sekinlatish
yoki to‘xtatish zaruriyati tug‘iladi. Agar dvigatelni yetakchi sildirak-
lardan ajratib qo‘yilsa, avtomobil o‘zining inersiyasi o‘z hisobiga hara-
katini davom ettiradi. Avtomobilning harakatlanishiga qarshilik
107
kuchlarining hisobiga (yo‘lning, havoning qarshilik kuchlari,
transmissiyadagi ishqalanish kuchi va x.z.) avtomobilning tezligi pasayib
boradi va nihoyat avtomobil to‘xtaydi. Bu holda to‘xtash yo‘li katta
bo‘ladi. To‘xtash yo‘lini qisartirish uchun qo‘shimcha tormoz kuchidan
foydalaniladi. Tormoz kuchi g‘ildirak bilan yo‘l orasida hosil bo‘ladi.
Tormoz tizimi harakatlanayotgan avtomobil tezligini kamaytirish,
to‘xtatish va to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida ushlab turish uchun
xizmat qiladi.
Zamonaviy yengil avtomobillarga quyidagi tormoz tizimlari
qo‘llaniladi:
¾ ishchi tormoz;
¾ to‘xtab turish tormoz tizimi.
Ish tormoz tizimi avtomobil har xil sharoitda harakatlanganda
uning tezligini kamaytirish yoki darhol to‘xtatish vazifasini o‘taydi.
To‘xtatib turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilni o‘z
joyida qo‘zg‘almasdan turishini ta’minlaydi. Avtomobillarda qo‘llanila-
digan tormoz tizimlari qanday vazifani bajarishidan qat’iynazar, ular
energiya manbai va bitta yoki bir nechta tormoz mexanizmlaridan iborat
bo‘ladi.
Ishchi tormoz tizim quyidagi qismlardan tashkil topgan:
¾
tormoz yuritmasi;
¾
tormoz mexanizmi.
Tormoz yuritmasi. Tormoz tizimining ishlashi uchun kerakli
bo‘lgan energiya bilan ta’minlovchi tuzilmalar yig‘indisi energiya
manbai deb ataladi. Energiya manbaidan tormoz mexanizmlariga
energiya uzatuvchi tuzilmalar yig‘indisi tormoz yuritmasi deb ataladi.
Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida),
pnevmatik (havo yordamida), elektrik yoki kombinatsiyalashgan
(pnevmogidravlik, pnevmoelektrik va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Tormoz yuritmasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
¾ boshqarish organi vositasida energiya manbaidan tormoz
mexanizmlariga uzatilayotgan energiya miqdor jihatdan rostlab turiladi.
Bularga tormoz krani, asosiy tormoz silindri, to‘xtatib turish va
yordamchi tormoz tizimiining qo‘l yuritmasi kiradi;
¾ ijro etuvchi organ — tormoz yuritmasidan tormoz mexaniz-
miga energiyani uzatuvchi tuzilma.
Pnevmatik yuritmali tizimida ijro etuvchi organ sifatida tormoz
kameralari yoki silindrlari, gidravlik yuritmali tizimida esa g‘ildirak
tormoz silindrlari ishlatiladi.
108
Avtomobilning harakatlanishiga majburiy qarshilik ko‘rsatish va
qarshilik kuchini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan tuzilma tormoz
mexanizmi deb ataladi. Zamonaviy avtomobillarning ishchi, yordamchi
va to‘xtatib turish tormoz tizimlarida tormoz mexanizmi sifatida friksion
tuzilmalar ishlatiladi. Bularda majburiy qarshilik aylanuvchi (rotorli) va
aylanmaydigan (statorli) qismlar vositasida ishqalanish kuchini
o‘zgartirib hosil qilinadi. Demak, avtomobil tezligini kamaytirish uchun
uning kinetik energiyasining bir qismini, batamom to‘xtatish uchun esa
bu energiyaning xammasini ishqalanish hisobiga yo‘qotish kerak.
Hozirgi zamonaviy avtomobillarda, xususan DEU avtomobillarida
SAE I 1703 DOT3 (CROWN B – 121) rusumidagi tormoz suyuqliklari
qo‘llaniladi.
Mexanik tormoz yuritmasi richag, torti, valik va trosslardan iborat
bo‘lib, shu detallar orqali tormoz pedalidagi kuch tormoz mexanizm-
lariga uzatiladi. Mexanik tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini bir
vaqtda ishga tushishini va tormoz mexanizmlariga uzatilayotgan
kuchlarni mutanosib taqsimlanishini ta’minlab bera olmaydi. Sharnirli
birikmalarning va tayanchlarning ko‘pligi ishqalanishga sarflanadigan
energiyani ko‘paytiradi. Shuning uchun bu yuritmalarda FIK ancha past.
Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari hisobiga mexanik tormoz
yuritmasi ishchi tormoz tizimlarida ishlatilmaydi. Lekin avtomobillarni
o‘z joyida chegaralanmagan vaqt mobaynida ushlab turish uchun
mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish tormoz tizimidan keng
qo‘llaniladi.
Amaliyotdagi tajribadan kelib chiqgan holda shuni aytish joizki,
gidravlik kuchaytirgich bilan jihozlangan transport vositalarini to‘xtatish
bir muncha yengilroqdir. Kun davomida oddiy tormoz tizimiga ega
bo‘lgan avtomobilni boshqarib borayotgan haydovchining oyoqlari
kechga borib toliqadi. Gidravlik kuchaytirgichga ega bo‘lgan tormoz
tizimi bilan jihozlangan avtomobil haydovchisi esa unga nisbatan o‘zini
ancha tetik hisoblaydi, chunki gidravlik kuchaytirgich haydovchi tormoz
tepkisiga ta’sir etiyotgan kuchni bir necha bor kuchaytirib beradi.
Shuning uchun barcha katta o‘lchamli, og‘ir yuk tashuvchi avtomobillar
bunday tormoz tizimi bilan jihozlangan.
Gidravlik tormoz yuritmasi gidrostatik hisoblanadi, ya’ni tormoz-
lanish vaqtida gidravlik tormoz yuritmasining hamma qismida suyuqlik
bosimi bir xil oshadi va shu bosim hisobiga pedaldagi kuch tormoz
mexanizmlariga uzatiladi.
109
Gidravlik yuritmali ishchi tormoz tizimining prinsipial sxemasi 69-
rasmda ko‘rsatilgan. Yuritma tormoz pedalidan, vakuum kuchaytir-
gichdan, asosiy tormoz silindridan, oldingi va orqa g‘ildirak tormoz
mexanizmlarining silindrlaridan, tormoz kuchi rostlagichidan va hamma
silindrlarni birlashtiruvchi trubkalarlardan tuzilgan. Asosiy tormoz
silindri va g‘ildirak silindrlari, shuningdek barcha trubkalar suyuqlik
bilan to‘ldirilgan. Tormoz pedali bosilganda asosiy tormoz silindrining
porsheni suyuqlikni trubkalar orsali g‘ildirak silindrlariga siqib
chiqaradi. Suyuqlik g‘ildirak silindrlarining porshenlarini siljitadi va
shuning natijasida tormoz kolodkalari barabanga siqiladi. Kolodka va
baraban orasidagi tirqish yuqolgandan keyin asosiy silindrdagi
suyuqlikning g‘ildirak silindrlariga uzatilishi to‘xtaydi. Agar tormoz
pedaliga qo‘yilgan kuch yana davom ettirilsa, yuritmadagi suyuqlik
bosimi osha boshlaydi va bir vaqtda hamma g‘ildiraklarda tormozlanish
hosil bo‘ladi.
69-rasm. Gidravlik tormoz tizimining sxemasi.
1-old g‘ildirak tormoz silindri; 2-old tormoz tizimining quvuri; 3-orqa tormoz
tizimining quvuri; 4-orqa g‘ildirak tormoz silindri; 5-asosiy tormoz tizimi bachogi;
6-asosiy tormoz silindri; 7-asosiy tormoz silindri porsheni; 8-shtok;
9-tormoz pedali.
G‘ildiraklardagi tormozlanishning baravar boshlanishi va tormoz
pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmlarini ishga tushiruvchi
kuchlarning o‘zaro mosliligini gidravlik yuritmaning ishlash prinsipi
ta’minlab beradi.
110
70-rasm. Diskli tormoz tizimi. 1-korpus; 2-porshen; 3-birikturuvchi trubka;
4-oldingi chap g‘ildirak tormoz diski; 5-friksion qoplamali tormoz kalodkasi;
6-porshen; 7-oldingi chap g‘ildirak ichki ishchi silindri.
Tormoz pedaliga ta’sir etayotgan kuch olinganda pedal prujina
ta’sirida o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Shuningdek, prujina ta’sirida
asosiy tormoz silindrining porshenlari ham o‘zining avvalgi holatiga
qaytadi. Tormoz mexanizmidagi prujinalar xisobiga kolodkalar xam
avvalgi holatiga qaytib, g‘ildirak silindrlarining porshenlari orqali
suyuqlikni trubkalardan asosiy silindrga siqib chiqaradi.
Tormoz tizimi ishlashining ishonchliligini oshirish uchun gidravlik
tormoz yuritmasi ikki konturli qilib tayyorlanadi. Masalan: Neksiya, VAZ
avtomobillarining ishchi tormoz tizimi ikki konturli qilib ishlangan.
Gidravlik tormoz yuritmasining afzalliklari quyidagilardir: g‘ildi-
rak silindrlari porshenlarining o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga g‘ildi-
raklar va ko‘priklarga taqsimlanayotgan tormoz kuchlarining kerakli
qiymatini hosil qilish mumkin, tormoz mexanizmlarining ishga tushish
vaqti juda kam, FIK yuqori, massa va o‘lchamlari kichkina, yuritmani
avtomobilda kompanovka qilish (joylashtirish) qulay.
Gidravlik tormoz yuritmasining kamchiliklari: uzoq vaqt
tormozlanish mumkin emas, chunki suyuqlikning bosimi katta bo‘lgani
uchun (10..12 MPa), uzoq vaqt tormozlanganda, zichlovchi rezina
xalqalar bu bosimni ushlab tura olmaydi, maxalliy nosozlik bo‘lganda
butun tormoz tizimi ishlamay olishi mumkin (masalan, trubkalardan
bittasi yorilganda), past haroratda (-30
0
S dan past) FIK ning sezilarli
pasayadi.
Asosiy tormoz
silindridan
|