73
Agar pedal erkin holda bo‘lsa, ilashish muftasi ulangan bo‘ladi
(yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlar ulangan) bo‘ladi, chunki
yetaklanuvchi disk maxovik bilan siquvchi disk o‘rtasida prujinalar
yordamida siqib qo‘yilgan. Burovchi moment yetakchi qismdan
yetaklanuvchi qismga yetaklanuvchi diskni maxovik bilan va siquvchi
disk bilan ta’sirlashuvchi ilashish yuzalari orqali uzatiladi. Pedalga kuch
ta’sir qilganda (bosilganda) ilashish muftasi ajratiladi chunki ajratish
muftasi podshipnik bilan o‘q bo‘ylab maxovik tomon harakatlanib,
richaglarni buradi (harakatga keltiradi) va siquvchi diskni maxovikdan
qarshi tomonga suradi va yetaklanuvchi diskdan ajratadi.
Friksion ilashish muftasining yuritmasi
mexanik,
gidravlik,
elektromagnit bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina yengil va yuk avtomobillarida
mexanik va gidravlik yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni
asosan yengil avtomobillarda ilashish muftasini boshqarishni avtomat-
lashtirishda qo‘llaniladi. Ilashish muftasini boshqarishni osonlashtirish
uchun mexanik (servoprujinalar), pnevmatik yoki vakuumli kuchaytir-
gichlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: